Savolning ID si: 6120
Korхonamiz YaST toʻlovchisi hisoblanadi. Korхona balansida ishlab chiqarish uskunasi va ishlab chiqarish binosi mavjud. Hozirgi paytga qadar korхona yuqorida koʻrsatilgan asosiy vositalardan foydalangan holda ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullangan. 2016 yil yanvardan boshlab uskuna va binoni boshqa shaхsga ijaraga berish rejalashtirilmoqda. Hozirgi kungacha uskunani amortizatsiya qilishda belgilangan 15% oʻrniga, pasaytirilgan 5% stavka qoʻllanilgan. Pasaytirilgan amortizatsiya stavkasi uskuna toʻliq quvvatda foydalanilmayotganligi va korхonaning zarar bilan ishlashini oldini olish uchun direktor buyrugʻiga asosan amalga oshirilgan. Endilikda, uskuna va bino ijaraga berilganda, u qanday quvvatda foydalanilishi bizga noma’lum. Bunda agar 2016 yil yanvardan biz eskirish stavkasini 15% miqdorida qoʻllaydigan boʻlsak, hisoblangan eskirish summasi oyiga 7 mln soʻmni tashkil qiladi, ijara summasi esa oyiga 5 mln soʻmni tashkil qiladi. Ya’ni ijaradan zarar yuzaga kelayapti.
Korхona uskunani ijaraga berishda amortizatsiyani hisoblashda pasaytirilgan stavkalarni qoʻllash huquqiga egami?
Ekspertlarning javoblari: