Savolning ID si: 6437
MChJ korxona qurilish tashkiloti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan (XXTUT – 61110) boʻlib, yagona soliq toʻlovida. Korxona 2013, 2014 va 2015 yillarda Osiyo Taraqqiyot Banki kredit liniyasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Andijon, Fargʻona viloyatlarida ichimlik suvi bilan ta’minlash, kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi ishlarini bajargan. Qurilish ishlari uchun shartnoma chet el valyutasi (AKSh dollarida)da tuzilgan va hisob raqamga ham chet el valyutasi kelib tushadi. Bundan tashqari, MChJ mahalliy dastur asosida qurilish ishlarini ham bajargan (ya’ni kasb-hunar kollejlarini ta’mirlash, maktab qurilishi va boshkalar). Jamiyat yillik quyidagi koʻrsatkichlarga ega: mahalliy qurilish ishlari: 1 mlrd. soʻm, valyuta kursidan daromadlar - 300 mln. soʻm, chet el valyutasidagi qurilish ishlari – 3 mlrd. soʻm, boshqa daromadlar – 100 mln. soʻm.
Korxona tomonidan valyutaga bajarilgan ishlar OʻzR Prezidentining 26.03.2012y. №1731-son Qarori 5-bandi 1-qismida koʻrsatilganidek eksport sifatida hisobga olinadigan qurilish ishlariga toʻgʻri keladimi? Agar eksport sifatida hisobga olinsa umumiy korxona daromadidan chet el valyutasida bajarilgan ishlar hajmi 68 foizni tashkil etsa korxona soliq solish stavkasini 50 foizga kamaytirilgan holda toʻlashi mumkinmi? Kamaytirilgan soliq stavkasi faqatgina chet el vayutasidagi qurilish ishlari uchun qoʻllanadimi yoki korxonaning umumiy daromadlarigami?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock