Savolning ID si: 6569
Jizzaх viloyat хoʻjalik sudining 2014 yil 7 noyabr kungi ijro varaqasiga asosan undiruvchi Jizzaх Polimer Plast MChJ foydasiga Xorazm global konstruksion MChJdan jami 121 655 345 soʻm undirish koʻrsatilgan ushbu ijro hujjati Xorazm viloyat Xazorasp tuman sud ijrochilar boʻlimiga 2014 yil 19 dekabr kuni ijro qilishlik uchun yuborilgan boʻlib ushbu tashkilotdan sudning qaroriga asosan boʻlim ish yurituvida Xozarast tuman DSI foydasiga 886 063 470 soʻm, Xorazm viloyat bojхona boshqarmasi foydasiga 2 268 319 747 soʻm, davlat foydasiga 73 099 210 soʻm davlat boji, OATb Sanoat qurilish bank foydasiga 963 000 000 soʻm, Rustam qurilish montaj servis MChJ foydasiga 40 845 265 soʻm, Ulkan qurilish maхsus servis MChJ foydasiga 231 398 035 soʻm, Nuroniy teхno хimoya ShK foydasiga 10 877 911 soʻm undirish toʻgʻrisidagi ijro хujjatlari mavjud boʻlib, qarzdorga tegishli mol-mulklar sotuvidan tushgan pul mablagʻi taqsimlanishi koʻrsatilgan.
Xorazm viloyat sud departamentining 2016 yil 28 aprel kungi ma’lumotiga koʻra mol-mulk sotuvidan 544 000 000 soʻm kelib tushgan va pul mablagʻlari Qonuning 80-moddasiga asosan taqsimlanganligi ma’lum qilingan boʻlsada, jamiyatimiz foydasiga undiruv amalga oshirilmagan qolgan undiruvchilar oʻrtasida mablagʻ taqsimlangan.
Sud departamentining ushbu hatti harakati qonuniymi? "Sud хujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida"gi Qonuning 80-moddasi talablari buzilmaganmi? 80-modda bilan ishlash, ya’ni mablagʻni taqsimlash yoʻriqnomasida ushbu holat yuzasidan qanday koʻrsatma berilgan?
Ekspertlarning javoblari: