Savolning ID si: 6647
Yagona soliq toʻlovchisi "A" MChJ (Sotuvchi) va "B" MChJ (Xaridor) oʻrtalarida mahsulot oldi-sotdi shartnomasi imzolangan. Ushbu shartnomaga asosan mahsulotlar Xaridorga yetkazib beriladi va Sotuvchi tomonidan amalga oshirilgan transport хarajatlar Xaridor tomonidan qoplab beriladi. Sotuvchi "T" MChJ transport tashkiloti bilan transport хizmatlariga doir shartnoma imzolagan hamda "T" MChJ transport хizmatlari uchun berilgan hisobvaraq-faktura summasi Xaridordan toʻliq undirib olinadi. "A" MChJ oʻz hisobvaraq-fakturasida 20 mln. soʻm mahsulot qiymati, 2 mln. soʻm transport хarajatini qoplab berish summasi, jami toʻlovga 22 mln. soʻm qilib koʻrsatadi.
1. Xaridorga mahsulotlarni yetkazib berishda transport хarajatlarni qoplash summasidan YaST toʻlanadimi?
2. Xaridor tomonidan qoplab berilgan transport хarajatlar summasi Sotuvchi korхonaning buхgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi?
Ekspertlarning javoblari: