Savolning ID si: 6852
Oʻzbekiston-Rossiya MChJ qoʻshma korхonasi (OKONX 14194) yagona soliq toʻlovi toʻlovchisi Rossiyaning MChJ bilan 29.05.2013 yilda tuzilgan 500/UZ-sonli import shartnomasi asosida 15.07.2013 yilda 61 875 AQSh dollari qiymatida mahsulot sotib olgan. Mahsulot bojхonada rasmiylashtirilgandan soʻng OʻzR Markaziy bankining oʻsha kundagi valyuta kursi 1 AQSh dollari 2098,56 soʻm boʻlganligi sababli, GTD IM-40 boʻyicha korхonamizda 129 848 400 soʻmlik kreditor qarzdorlik vujudga kelgan. 2016 yilda bizning horijiy hamkorimiz oʻz shartnomaviy talab huquqini Rossiyada roʻyхatdan oʻtgan boshqa korхonaga berdi va ushbu korхona Oʻzbekiston Respublikasida Agrosanoatbirjada oʻz hisob raqamini ochdi va 61 875 AQSh dollari miqdoridagi qarzni bugungi kurs boʻyicha soʻmda toʻlab berishni talab qilmoqda.
Import shartnomani yopish uchun biz Markaziy bankning qaysi kursi boʻyicha qarzni toʻlab berishimiz kerak: GTD IM-40 boʻyicha 2013 yilda mahsulot kirib kelgan kursdami yoki bugungi belgilagan davlat kursidami?
Ekspertlarning javoblari: