Javob beramiz

Bojxona. TIF

Bojxona qonunchiligi boʻyicha ta’sischimiz AVlarni sotib olib bizning nomimizga joʻnatishida va bojxona orqali qabul qilib olishimiz uchun biz tomonimizdan qandaydir xujjat yoki shartnoma kerak boʻlmaydimi? Bu xarakatlarimizdan qanday soliq hamda bojxona toʻlovlari kelib chikadi?


Savolga bojxona toʻlovlari Boshqarmasidan javob olingan.

Invoys bilan BYuD-da tovarlar soni va turi boʻyicha bir-biridan farq qilganida korxona qaysi hujjat asosida tovarlarni kirim qilishi lozim?


Qaysi hujjatda tovarlar soni va turi toʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsa, tovar oʻsha hujjat asosida kirim kilinadi.

 

Davlat xizmatlari markazidan roʻyxatdan oʻtkazganimizdan keyin TSOYaEATdan mazkur kreditorlik qarzi qanday tartibda oʻchiriladi?


Majburiyat bekor boʻlishining asoslaridan biri - uni bajarish oʻrniga voz kechish haqini berish (pul toʻlash, mol-mulk berish va shu kabilar) hisoblanadi. 

Bojxona yuk deklaratsiyasini qayta rasmiylashtirish uchun nima qilishimiz lozim?


Imtiyozlar sababli toʻlashdan ozod etilgan tovar uchun tegishli bojxona toʻlovlarini toʻlashga toʻgʻri keladi.

Mazkur texnologik qurilmalar va ularga ehtiyot qismlarni xorijdan import qilishda nimalarga e’tibor berish lozim?


Texnologik asbob-uskunalar import kontrakti asosida Oʻzbekiston hududiga olib kiriladi.

1. Ularning talabi qonunga toʻgʻri keladimi? Shartnoma 2018 yilda tuzilgan, toʻlov ham 2018 yilda amalga oshirilgan. 2. Agar ularning talabi haqiqiy boʻlsa, boshqa MChJga rasmiylashtirilgan taqdirda YaTT tomonidan toʻlangan 29 000 $ qanday yopiladi (bank bazasidan qanaqa asos bilan yopiladi)? 3. Dastgoh MChJ nomiga rasmiylashtirilsa, MChJ kimni oldida qarzdor boʻladi?


Murojaatdan koʻrinib turibdiki, dastgoh olib kirilgan va uni "erkin muomalaga chiqarish (import)" bojxona rejimiga joylashtirish (bojxona rasmiylashtiruvi) 2019 yilda boshlangan.

Ushbu holat hududiy DSI tomonidan moliyaviy jarima qoʻllashga asos boʻla oladimi?


Jarima 30.09.2003y. 416-sonli VM qarori asosida qoʻllaniladi.

Yakka tartibdagi tadbirkor qaysi faoliyat turlari orqali tovarni eksport qilsa boʻladi?

Yakka tartibdagi tadbirkor qaysi qonunlarga asosan eksport qilishi mumkin?


Yakka tartibdagi tadbirkorlar tashqi savdo faoliyati bilan shugʻullanishlari mumkin.

Sintetik ip (TN VED kod 5402330000) va vulkanizatsiyalashgan ip (TN VED kod 4007000000) chel eldan olib kelishimizda bizga qanday bojxona imtiyozlari bor?


Xozirgi kunda, eslatib oʻtilgan mahsulotlarni (materiallarni) import boʻyicha olib kirish uchun quyidagi imtiyozlardan foydalanishingiz mumkin:

TIF (eksport-import operatsiyalari) bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxsning 2018 yil 1 iyuldan boshlab tashqi bojxona brokeri, yoki deklarantlik firmasini yollamasdan BYuDlarni toʻldirishi va bojxona organlariga taqdim etishi mumkinmi?


Ha, xaqiqatdan ham 2018 yil 1 iyuldan boshlab tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bojxona yuk deklaratsiyalarini Internet tarmogʻi orqali real vaqt rejimida toʻldirish va bojxona organlariga taqdim etish huquqiga ega boʻlishadi 

“Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi oltinchi qismida ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi kamida oʻttiz uch foiz boʻlgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran ikki yil davomida oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulk boj undirishdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ozod qilinishi belgilab quyilgan. Agar ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi ellik foiz boʻlgan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganiga ikki yil toʻlmagan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona chet eldan Oʻzbekiston Respublikasiga xom-ashyo kirgizib uni daval xom ashyosini qayta ishlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaga muvofiq qayta ishlovchiga buyurtmachi sifatida berib tayyor mahsulot shaklida qaytarib olsa Qonunining 12-moddasi oltinchi qismida nazarda tutilgan imtiyoz oʻz koʻchida qoladimi?


Ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi kamida 33 foiz boʻlgan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganiga 2 yil toʻlmagan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona chet eldan Oʻzbekistonga xom ashyo kirgizib uni qayta ishlash qayta ishlovchiga berib, tayyor mahsulot shaklida qaytarib olsa, unga nisbatan «Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida»gi Qonunining 12-moddasi 8-qismidagi imtiyoz qoʻllanilmaydi.

Jut ipi Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan yoki yetarli miqdorda ishlab chiqarilmaydigan mahsulotga kirganligi sababli bojxona toʻlovlari (bojxona boji va QQS) boʻyicha imtiyozga egami?


Yoʻq, bu borada imiyoz koʻzda tutilmagan.

Agar biz (korxonamiz tarmoq kodi 17151) aholidan naqd pulga quritilgan mevani sotib olib eksport qilsak, u holda valyutani qanday qismini majburiy sotamiz?


Quritilgan meva savdo-sotigʻi bilan bogʻliq faoliyat natijasida kelib tushadigan xorijiy valyutadagi tushumning majburiy sotiladigan qismi, umumiy belgilangan - 50 foiz miqdorida amalga oshirilishi lozim.

Import qilinayotgan ip mahsulotlarining oʻrami (bobina)ga ham xuddi ip kabi alohida bojxona toʻlovlari hisoblanishi toʻgʻrimi?


Bojxona deklaranti tomonidan ip mahsulotlarining oʻrami(bobina)ga xuddi ip kabi alohida bojxona toʻlovlari hisoblanishi notoʻgʻri.