Savolning ID si: 7522
Ikki tomonlama tuzilgan pudrat shartnomasida ishlarning boshlanish va tugallash muddatlari belgilanmagan. Shuningdek, ishlar bajarish jadvali shartnomaga ilova qilinmagan, faqatgina shartnomaning amal qilish muddati belgilangan. Mazkur amal qilish muddatining 90% oʻtib boʻlgan, biroq qurilish ishlari хali boshlanmagan хam. Shartnomada shartnomani bekor qilish tartibi belgilangan boʻlib, unga koʻra buyurtmachi shartnomani bekor qilishni talab qilsa, pudratchi shartnomaning umumiy summasining 10% miqdorida mablagʻni ushlab qolishi belgilangan. Shartnomaga muvofiq buyurtmachi shartnoma imzolangan kuni 25% boʻnakni toʻlagan. Pudratchiga nisbatan ishonch yoʻqolganligi sababli Buyurtmachi toʻlagan boʻnakini qaytarib olib, u bilan fuqarolik huquqiy munosabatlarini tugatmoqchi.
1. Pudrat shartnomasida shartnomaning amal qilish muddati va ishlarning bajarilish muddati biri biridan farq qiladimi? 2. Mazkur хolatda buyurtmachi ishlarni bajarilish muddati belgilanmaganligi sababli shartnomani haqiqiy emas deb topish talabi bilan sudga da’vo bilan chiqishi asoslimi? 3. Agar mazkur хolatda shartnoma oʻz oʻzidan haqiqiy boʻlmasa, sudga хaqiqiy boʻlmagan bitimni huquqiy oqibatlarini qoʻllashni, ya’ni toʻlangan boʻnakni qaytarib olishni soʻrab da’vo talabi qoʻygan ma’qulmi? 4. Mazkur хolatda davlat boji fukarolik ishlari boʻyicha sudga eng kam oylik ish хakining 50% toʻlanadimi?
Ekspertlarning javoblari:

Ushbu material faqat Buxgalter Pro foydalanuvchilari uchun ochiq. Sinov tariqasida kirishni rasmiylashtirish

Siz istalgan masala yuzasidan bizga yozishingiz yoki 1172 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring
lock