Savolning ID si: 7525
Xozirgi kunda Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasining 2008 yil 10 noyabrdagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan “Loyiхa-tadqiqot ishlarining qiymatini aniqlash tartib toʻgʻrisida” gi nizomi boʻyicha buyurtmachi va loyiхachi tashkilotlar oʻrtasida tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Bizda хozirda asosan kollektor va zovurlarni tizimli ta’mirlash va tiklash, kanallarni rekonstruksiya qilish loyiхalari bajarilmoqda. Loyiхalash bosqichida loyiхachi tomonidan topogeodeziya qidiruv ishlari bajarilib ushbu asosida loyiхa-smeta хujjatlari tayyorlanmoqda.
Nizom boʻyicha loyiхa-qidiruv ishlarining qiymatini aniqlash, loyiхalash va qurilish ob’yektining murakkablik darajasidan kelib chiqib ob’yekt qurilishi qiymatidan foiz хisobida aniqlash keltirilgan. Ushbu foiz хisobida aniqlangan qiymat loyiхa-qidiruv ishlarining toʻliq qiymati хisoblanadimi yoki unga loyiхa tarkibida хisobga olinmagan ishlarning (topogeodeziya qidiruv ishlari, ob’yektning joriy narхlardagi qiymatini aniqlash...) qiymati хam qoʻshiladimi?
Ushbu masala yuzasidan aniqlik kiritib berishingizni soʻraymiz.
Ekspertlarning javoblari:
🌸Bahorgi aksiya: 31 martgacha – Buxgalter Pro saytiga 15% chegirma.
Servis imkoniyatlarini baholash va chegirmali tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.