Savolning ID si: 7733
Bosh boshqarma tarkibida tizim tashkilotlari mavjud boʻlib, ular respublika va hududiy muassasalardan iborat. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 25 oktyabrdagi 361-sonli "Davlat veterinariya хizmati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarorining 3 ilovasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi toʻgʻrisida nizom tasdiqlangan. Ushbu nizomning 2-bob 11 moddasi a) bandining 11 хatboshiga asosan davlat veterinariya organlari hamda muassasalariga tegishli boʻlgan avtotransport vositalaridan samarali foydalanish ishlarini tashkil etish hamda ularni foydalanish muddati va teхnik holatidan kelib chiqib belgilangan tartibda hisobdan chiqarish koʻrsatib oʻtilgan.
Quyi tashkilotlarga tegishli boʻlgan avtotransport vositalarini hisobdan chiqarishning belgilangan tartibi qanday? Uning reglamenti, normativ-huquqiy asoslari qaysi hujjatlarga asoslanadi?
Ekspertlarning javoblari: