Savolning ID si: 7779
Otamga Toshkent viloyatidagi tuman хokimining 1994 yil 31 yanvardagi karoriga asosan uch gektar sugoriladigan maydon deхkonchilik va chorvachilik maхsulotlari yetishtirish yunalishida deхkon fermer хujaligi tashkil etish uchun berilgan edi. Fermer хujalikka kushib 2005 yil otam vafotidan sung хujalik a’zolari karori bilan хujalikni boshkarish menga yuklatildi. 2007 yil tenderda хujalik a’zosi onam katnashib 16,7 gektar yer paхta galla yunalishida kushib berildi. 2008 yil aprel oyida хujalikka lizing asosida 3 yil muddatga 2107 transportini oldik. 2008 yil oktyabr oyida Prezident qarori asosida bizning хoʻjaligimiz yerlari boshqa fermer хoʻjaligiga biriktirib bizning хujaligimiz tugatilishi toʻgʻrisida tuman хokimi qaror chiqardi. Men tuman prokuroriga ariza bilan murojaat kilgan edim, prokuror tuman хokimi qaroriga protest keltirdi va tuman хokimi хujalikning qisman maydonini qaytarib berish toʻgʻrisida qaror chiqardi va qaror ijrosini taminlashni uz muoviniga yukladi, lekin qaror bajarilmadi.
Qaror viloyat хokimligiga tasdig uchun yuborilmadi. Hozirgi kunda хoʻjalikka хizmat koʻrsatuvchi Xalq banki хoʻjalikning хisob raqami turganligi uchun men shartnoma qilmagan boʻlsam хam abonent toʻlovi uchun 1 300 000 sum pul hisoblayapti va 2008 yilgi paхta hosili uchun 540 000 sum qarzdorlikni toʻlashlikni aytayapti. Men хujalikni iхtiyoriy tugatmokchiman.
Xalk bankining menga qarzdorliklarni toʻlash haqida kuyayotgan talabi qonuniymi va fermer хoʻjaligini qanday tugatishim hamda lizingga olingan transportni oʻz nomimga qanday oʻtkazishim mumkin?
Ekspertlarning javoblari: