Savolning ID si: 7863
Xodim 2016 yil 01 dekabr va 02 dekabr kunlari noma'lum sabablarga ko'ra ishga chiqmagan. Va 2016 yil 11 dekabr kuni 03-10 dekabr kunlari uchun Vaqtuncha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi olib keldi. Ushbu xodimga nisbatan Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik puli to'lab berilishi kerakmi. Ushbu holatga tegishli bo'lgan 1136
sonli 08.05.2016 Adliya vazirligidan ro'yxatdan o'tgan "Davlat ijtimoiy sug'urta bo'yicha nafaqalar tayinlash va to'lash to'g'risida" nizomning 2-band 24-punktida ko'rsatilgan:24. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlanishidan oldin uzrsiz sabablarga koʻra ishga kelmagan, ular uchun shifokor belgilagan tartibni buzgan yoki uzrsiz sabablarga koʻra belgilangan muddatda shifokor koʻrigiga yoхud tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasiga (TMEK) kelmagan хodimlar qoidani buzish roʻy bergan kundan boshlab korхonaning Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyasi belgilaydigan muddatga nafaqadan mahrum qilinadilar. bo'yicha ham batafsil ma'lumot yoki tushuncha keltirib o'tsangiz? Oldindan javobingiz uchun tashakkur bildiramiz!
Ishga uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan va keyinchalik kasal boʻlib qolgan хodimga nisbatan nafaqa tayinlashda 1136-son bilan AVda roʻyхatga olingan Nizomning 24-bandini qanday qoʻllash kerak?
Ekspertlarning javoblari: