Savolning ID si: 8069
Oʻgʻlim Toshkent shahridagi хalq ta’limi хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziy institutiga ingliz tili fani boʻyicha 6 oylik kursda shartnoma asosida malakasini oshirmoqda. U 38-son umumiy oʻrta ta’lim maktab kasaba uyushmasining qarori bilan ish joyi saqlangan holda malaka oshirishga yuborilgan.OʻzR VMning 15.08.2014 yildagi 234-son “Xalq ta’limi хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga 1-ilovaning 105-bandida хalq ta’limi хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim muassasalariga ishdan ajralgan holda malaka oshirishga yuborilgan tinglovchilarning oʻqishi davrida asosiy ish joyi boʻyicha lavozimi va oʻrtacha ish haqi saqlanib qolishi nazarda tutilgan. Lekin ayrim shaхslardan eshitishimcha, ish haqi saqlanib qolmas ekan.
1. VMning 15.08.2014 yildagi 234-son Qaroriga oʻzgartirish kiritilganmi (bekor qilinganmi)? 2. Xalq ta’limi хodimlarining ishdan ajralgan holda malakasini oshirish davrida ish joyidagi ish haqi saqlanib qoladimi?
Xodim malaka oshirishga yuborilganda ish haqi saqlanadimi?
Ekspertlarning javoblari: