Savolning ID si: 8235
2017 yildan e’tiboran iqtisodiyotning barcha tarmogʻidagi korxonalar uchun (jumladan qurilish, umumovqatlanish va chakana savdo tashkilotlari uchun ham) YaITning eng kam miqdori yagona tartib asosida hisoblanadi (AV 13.04.2010y. 2095-son bilan roʻyxatga olingan). Unga koʻra korxona hisobot oyida xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlaridan va belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda jami korxona boʻyicha YaITning eng kam miqdorini aniqlaydi deb kursatilgan. Korxonamiz kurilish tashkiloti xisoblanadi (OKONX:61110). Solik solish tartibi soddalashtirilgan. 01.01.2017 kunga kadar YaITning eng kam mikdori 2200-sonli nizomga asosan xisoblanib toʻlanar edi. Korxonamiz kichik xorxona xisoblanadi va roʻyxatdagi xodimlar soni 45 (5 ta ma’mumriy xodim, 40 ta kuruvchi-ishchilar) kishini tashkil etadi. 2017 yil yanvar oyida korxonamix 514 709 093 soʻmlik qurilish ishlarini amalga oshirgan va bajarilgan ishlar boʻyicha qabul qilish topshirish dalolatnomasi taqdim etilgan. Ushbu bajarilgan ishlar ichida quruvchi ishchilarning mexnat haqi 45 024 715 soʻmni tashkil etadi(loyixa smetaga asosan mexnat sarfi 9365,28 kishi/soat ni tashkil etadi va bir kishi-soat uchun 4807,62 soʻm haq toʻlanadi deb koʻrsatilgan). 2200-sonli nizomga asosan YaITning eng kam miqdori sarflangan mexnat sarfini oydagi me’yoriy ish vaqti soatiga boʻlish orkali YaITning eng kam miqdorini hisoblash uchun kerak boʻladigan ishchilar soni topilar edi (9365,28 kishi-soat / 176 soat = 53 kishi) va shunga asosan YaITning eng kam miqdori qoʻshimcha hisoblanar edi. 2017 yil yanvar oyida haqiqatda 45 ta xodim uchun 24 750 000 soʻm ish haqi hisoblangan.
2017 yildan boshlab kurilish tashkilotlari uchun YaITni eng kam mikdorini xisoblash uchun smeta xujjatlaridagi mexnat sarfi (kishi-soat) inobatga olinadimi yukmi? Qurilish tashkilotida ish haqi boʻyicha ushlanmalar (daromad soligʻi, sugʻurta badallari, YaIT) qaysi summadan hisoblanishi lozim, qabul qilish topshirish dalolatnomasida koʻrsatilgan ish haqi summasidanmi yoki haqiqatda hisoblangan ish haqi summasidanmi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.