Savolning ID si: 8241
Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari, Zafarobod shaharchasi byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami 1026, 2001 yil 13 aprel)ga asosan har oylik ustama olish huquqini beruvchi ish stajiga mazkur hududlardagi byudjet tashkilotlaridagi ishlangan vaqt yoki haqiqatda ishlanmagan boʻlsada ish joyi saqlangan davr kirishi belgilangan. Amaliyotda mazkur ustamani hisoblashda turli muammoli vaziyatlar yuzaga keladi.
1. Bu ustama ish staji uchungina beriladimi yoki uzluksiz boʻlishiga ham e’tibor beriladimi? Ya’ni ma’lum bir davr mazkur hududda boʻlmagan byudjet tashkilotida ishlash, mazkur hududdagi byudjet tashkiloti boʻlmagan tashkilotda ishlash yoki boʻlmasa umuman hech qayerda ishlamaslik ustama olish huquqini beradigan ish stajini qaytadan noldan boshlashga sabab boʻladimi? 2. Ustama olish huquqini beradigan ish staji mazkur toʻrtta hudud boʻyicha umumiy amal qiladimi yoki ularning har biri uchun alohida-alohida hisobga olinadimi? Ya’ni Uchquduq shahridagi byudjet tashkilotida ma’lum bir davr ishlagandan soʻng Zarafshon shahridagi byudjet tashkilotiga ishlashga oʻtsa, bu yerda ustama olish huquqini beradigan ish stajiga Uchquduq shahridagi ish staji ham hisobga olinadimi?
Ekspertlarning javoblari: