Savolning ID si: 8252
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 80-moddasiga koʻra ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi xujjatlarni (aslini) taqdim etishi shart: Pasport yoki uning oʻrnini bosadigan boshqa xujjat; mehnat daftarchasini; harbiy biletni yoki harbiy hisobida turganlik haqidagi guvohnomani; oliy oʻquv yurtini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi diploni. Aniqrogʻi, fuqaro ishga kirayotgan idoraning kadrlar boʻlimi boshligʻi ushbu hujjatlarning aslini koʻrgandan keyingina xodimni ishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq tayyorlab, imzoga olib kirishi kerak. Xujjatning nusxasi bilan xodimni ishga qabul qilish umuman mumkin emas. OʻzR Jinoyat Kodeksining 228-moddasi soxtalashtiruvchining oʻzi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy xujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy xujjatlarni qalbakilashtirishi, shuningdek undan foydalanish uchun javobgarlikni koʻzda tutadi.
Pasportning kseronusxasini qalbakilashtirish va mazkur kseronusxani (pasportning asli oʻrniga) ishga kirish uchun taqdim etish Jinoyat Kodeksining 228-moddasining birinchi va uchinchi qismlari tarkibini beradimi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock