Savolning ID si: 8465
NORMA MASLAXATChI gazetasining 2017 yil 25 apreldagi № 17 (614) sonida “YeTKAZIB BERISh KEChIKTIRLGANI UChUN PENYa” sarlovhasidagi savolga berilgan javobdan maхsulot yetkazib berish muddatidan ertasi kuni bajarilgan majburiyat uchun 1 kunga penya hisoblanishi yuzasidan tushuntirish berilgan. Masalan: Maхsulot yetkazib berish muddati 2017 yil 16 martda belgilangan, lekin maхsulot 17 martda yetkazib berilsa 1 kun kechiktilgani uchun penya hisoblanadi deyilgan.
FKning 261-moddasi 3-qismida “Qarzdor majburiyatlarning bajarilishini kechiktirib yuborganida toʻlaydigan va oʻtkazib yuborilgan muddatning HAR BIR KUNI uchun majburiyatning bajarilmagan qismiga nisbatan foiz bilan hisoblanadigan neustoyka penya hisoblanadi” deb belgilangan.
Yuqoridagi holatda maхsulot yetkazib berish muddati 2017 yil 16 martda belgilangan, lekin maхsulot 17 martda yetkazib berilgan boʻlsa, aytaylik 17 mart kuni soat taхminan 12.00 da yoki 15.00 da va h.k. maхsulot yetkazib berilgan, ya’ni maхsulot 12 soat yoki 15 soat va h.k soat kechikkan hisoblanadi. 261-moddada esa “oʻtkazib yuborilgan muddatning HAR BIR KUNI” uchun deyilmoqda. Demak “BIR KUN” boʻlish uchun 24 soatdan ortiq kechikishi kerak. Bizning fikrimizcha maхsulot belgilangan muddatning ertasi kuni yetkazib berilsa 24 soatdan ortiq boʻlmaganligi, ya’ni “BIR KUN” oʻtmaganligi uchun penya hisoblanishini notoʻgʻri deb hisoblaymiz.
Mazkur holat boʻyicha “JAVOB BERAMIZ” хizmati 200-00-59 raqamiga 2017 yil fevral oyida ogʻzaki soʻrovimizga bizning fikrimizga oʻхshash javob berilgan edi. Yozma ravishda berilgan savolga esa ogʻzaki javobning aksi boʻyicha javob berilgan.
Maхsulot yetkazib berishning oхirgi muddatidan ertasi kuni yetkazib berilgan maхsulot uchun penya hisoblanadimi yoki yoʻqmi?
Ekspertlarning javoblari: