Savolning ID si: 8706
«Ish beruvchi» va «Xodim» oʻrtasidagi ogʻzaki kelishuvga muvofik, xodim Toshkent shaxridagi OʻzR Milliy Universitet xuzuridagi "Ma’lumotlar havfsizligi soxasida kadrlarni kayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi" da kasbiy tayyorgarlik kursida oʻqib kelgandan soʻnggina korxonada "Ma’lumotlarni ximoya qilish muxandisi" vazifasiga tayinlanishi lozim edi. Shu sababli xodim dastlab korxona " EXT operatori" vazifasiga 3 oydik sinov muddati bilan ishga qabul qilingan.
Xodimning kasbiy tayyorgarligi uchun oʻkuv kursi oʻqish xarajatlari va oʻqish davrida xizmat safar xarajatlari 3 mln. soʻmni tashkil etgan.
Xodim kasbiy tayyorgarlik kursini bitirib kelgach, "Ma’lumotlarni ximoya kilish muxandisi" vazifasiga oʻtkazilish arafasida dastlabki sinov muddati davrida oʻzganing mulkini oʻgʻrilanganligi aniqlandi, ushbu oʻgʻirlikni u tan olgan va xujjatlar bilan tasdiqlangan. Uning oʻgʻirlik illatiga moyilligi borligi bilan "Ish beruvchi"ning unga nisbatan ishonchini yoʻqotganligi sababli MKning 87-moddasiga muvofik, dastlabki sinovdan oʻtaolmaganligi uchun u bilan tuzilgan mexnat shartnomasi bekor kilingan.
Natijada "Xodim" kasbiy tayyorgarligi uchun va xizmat safariga xarajatlari uchun toʻlovlardan "Ish beruvchi"ga 3 mln. soʻm miqdorda moddiy zarar yetkazgan.
MKning 198-moddasida, "Bevosita yetkazilgan haqiqiy zarar deganda ish beruvchining mavjud mol-mulki (shu jumladan ish beruvchi uchinchi shaxslardan ijaraga olgan mol - mulk) amalda kamayganligi yoki yomon holatga kelganligi, shuningdek ish beruvchining ortikcha tulovlar kilish zarurati tushuniladi" deyilgan.
Xodimga malakaviy tayyorgarligi va xizmat safari uchun toʻlangan xarajatlarni Ish beruvchiga yetkazilgan zarar sifatida xodimdan Mehnat kodeksining 186 va 198-moddalari asosida undirib olinishi mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.