Savolning ID si: 9445
Korxonamiz paxta tolasidan qalava ip ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanadi. Yagona soliq toʻlovi va ixtiyoriy ravishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi hisoblanadi. "Uzbekengilsanoat" DAKga a’zo emas. Prezidentining 29.09.2017 yildagi UP-5197-sonli Farmoniga asosan 28.03.2011 yildagi PQ-1512-sonli va 25.04.2004 yildagi Vazirlar Maxkamasining 141-sonli qarorlariga tegishli oʻzgartirish kiritilib, tekstil korxonalariga bir qator imtiyozlar berildi. 1. Tekstil korxonalari tomonidan chet eldan import asosida olib kelingan yordamchi material, extiyot kism va boshqalarga bojxona bojlari toʻlashdan ozod etish 2. Tekstil korxonalari tomonidan ichki bozorda (Oʻzbekiston Respublikasi xududida) oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻini 0 stavkada sotish koʻrsatib oʻtilgan.
1. "Uzbekengilsanoat" DAK tarkibida boʻlmagan korxona oʻz extiyojlari uchun extiyot qism va yordamchi materiallarni import asosida olib kelganida bojxona toʻlovlaridan ozod etiladimi? Tekstil korxonalari uchun qaysi turdagi extiyot qism (zapchast), yordamchi material va boshqalarni olib kirish uchun imtiyoz mavjud?
2. Korxonamiz tomonidan ichki bozorda qalava ip sotishda QQSni nul stavkada sotishi mumkinmi? Agarda sotib oluvchi tekstil korxona "Uzbekengilsanoat" tarkibidagi yoki uning a’zosi boʻlsa u holda QQS kaysi stavkada koʻrsatiladi?
3. Korxonamiz oʻzi ishlab chiqargan qalava ip maxsulotini jismoniy shaxsga nakd pulga sotish huquqiga egami? Bu holatda qonunchilik talablari qanday?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.