Savolning ID si: 9496
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan korxona va chet ellik xaridor korxona oʻrtasida tuzilgan eksport shartnomasi shartlariga koʻra, vakil bankka toʻlanadigan komissiya (vositachilik) toʻlovini eksporter hisobidan toʻlanishi belgilangan.
Ya’ni, xaridor oʻzining valyuta toʻlov topshiriqnomasida “vakil bankning komissiya (vositachilik) toʻlovi” qismida “BEN” (oluvchi)ni belgilaydi, agar xaridor sotuvchiga shu shartda 50 000 AQSh dollari yuborsa va vakil bank 35 AQSh dollari komissiya ushlab qolsa, sotuvchiga 49 965 AQSh dollari kelib tushadi, hamda sotuvchining banki 35 AQSh dollarini hisobga olgan holda bojxonaning maxsus dasturiga kiritadi.
Ayrim holatlarda, xaridor texnik xato tufayli valyuta toʻlov topshiriqnomasida “vakil bankning komissiya (vositachilik) toʻlovi” qismida “BEN” oʻrniga “SHA” (chiqish xarajatlari (toʻlovchining davlati ichidagi) komissiyani toʻlovchi, kelib tushish xarajatlari (oluvchining davlati ichidagi) komissiyani – oluvchi)ni belgilab yuborish holatlari uchramoqda.
Agar eksport kontraktiga muvofiq, bank komissiyasini toʻlovchi eksporter etib belgilangan boʻlsayu, chet ellik xaridor adashib toʻlov topshiriqnomasida bank komissiyasini toʻlovchi sifatida oʻzini koʻrsatsa, bank eksporter hisobiga toʻlangan vakil bankning komissiyasini ham bojxonaning maxsus dasturiga kiritishi lozimmi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.