Javob beramiz

Propiska qilish

Biz bir mavzeda yashaymiz, boshqasida propiska qilinganmiz (sababi biz propiska qilingan manzilda ta’mirlash ishlari olib borilyapti). Bunday holda biz vaqtincha propiskani rasmiylashtirishimiz yoki hisobga turishimiz shartmi?


Agar hozirgi vaqtda kvartirangiz ta’mirlanayotgan va siz doimiy propiska qilingan joyda yashamayotgan boʻlsangiz, u holda vaqtincha yashayotgan joyingizdagi militsiya tayanch punktining profilaktika inspektoriga murojaat qilishingiz lozim, u sizni vaqtincha hisobga qoʻyadi.

Toshkentdagi ishxonamizga Chirchiqda propiska qilingan va oʻsha yerda yashovchi xodim ishga kiryapti. Arizada u firmadagi ish kuni tugagandan keyin yoʻnalishli transportda uyga qaytishini koʻrsatdi. Bunday mutaxassisni ishga qabul qilish mumkinmi?


Chirchiq shahrida propiska qilingan kishini ishga qabul qilish uchun uni kelgan kunidan boshlab 5 kun muddatda oʻzi vaqtincha turgan joydagi militsiya tayanch punktida Toshkent shahrida hisobga qoʻyish kerak

Qachon men Toshkent shahriga doimiy propiska qilinishim mumkin? Men Navoiydanman. Toshkent shahrida mening uyim bor, u "Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastr xizmati" davlat unitar korxonasi tomonidan 10.10.2012 yil sanasida roʻyxatga olingan.


Muqaddam Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalar tomonidan berilgan ruxsatnomalar asosida 2012 yil 15 martga qadar uy-joy olgan, biroq turli sabablarga koʻra propiska qilinmagan fuqarolar Roʻyxatning 1-bandiga asosan doimiy propiska qilinadi.

Fuqarolar hamda korxona, tashqilot va muassasalarning mansabdor shaxslari tomonidan pasport-viza rejimi qoidalariga rioya etilishi qanday tekshiriladi?


Oʻzbekistonda fuqarolar va korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalar rahbarlari tomonidan pasport rejimini rioya etilishining nazorat qilish vakolatlari ichki ishlar organlariga berilgan.

Onamni og'ir kasalligini hisobga olib, turar joyi ekologik zonada joylashganini hisobga olib Toshkentga doimiy propiskaga qo'yishni iloji bormi?


14.09.2011 yildagi OʻRQ-296-son Qonunga muvofiq Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxatiga (bundan keyin - Roʻyxat) quyidagilar kiradi:

Biz xususiy uyda yashaymiz, ammo uy daftarini yoʻqotib qoʻydik, nima qilishimiz kerak? Buning uchun jarima nazarda tutilganmi?


Uy daftarini tiklash uchun siz yashash joyingizdagi pasport stoliga uy daftari yoʻqolganligi dalili toʻgʻrisida ariza bilan shaxsan murojaat qilishingiz hamda yoʻqolgan uy daftarida propiska qilingan fuqarolar pasportlari va bolalarning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalari nusxalarini taqdim etishingiz lozim.

Men Roʻyxatning 11-bandiga asosan Toshkent viloyatida singlimning nomidagi uyda doimiy roʻyxatda turaman. Xotinim va bolalarim hozirda men bilan vaqtinchalik propiskada yashab kelmoqda. Boshqa viloyatda roʻyxatda turuvchi xotinim va bolalarimni Toshkent viloyatida yashab turgan turar-joyimga doimiy propiskadan oʻtkaza olamanmi?


Mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga doimiy propiska qilinadi.

Agar rafiqam RF fuqarosi boʻlsa, uni Toshkentdagi propiskaga oʻtkaza olamanmi? Buning uchun nima talab qilinadi?


Agar siz rafiqangiz bilan qonuniy nikohda boʻlsangiz, u siz bilan kamida bir yil yashagandan keyin, uy-joy maydoningizga doimiy propiska qilinishi mumkin.

Quyidagi masalalar boʻyicha tushuntirish bersangiz. Mening qizim MDH mamlakatlarining birida ikki yillik magistraturada oʻqiyapti.


- Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi nizomga (Prezidentning 5.01.2011 yildagi PF-4262-son Farmoni bilan tasdiqlangan) koʻra xorijga oʻqish uchun chiqqanida doimiy yashash joyidan oʻchish majburiy emas.

Toshkentda propiska qilingandan keyin qancha vaqt oʻtganidan soʻng kvartirani hadya bitimi boʻyicha olish mumkin? Faqat 3 oy oʻtganidan keyin xarid qilish mumkinligini bilaman. Hadya qilish paytida ham shuncha muddat amal qiladimi?


- Agar olayotgan taraf:

Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega boʻlgan;

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati (14.09.2011 yildagi OʻRQ-296-son Qonun bilan tasdiqlangan) 2, 5, 9-11-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida doimiy propiska qilingan jismoniy shaxs boʻlsa, basharti Toshkent shahri hududida doimiy yashash (lavozimda boʻlish) muddati 3 yildan kam boʻlmasa va doimiy propiska borligi

Doimiy propiskani rasmiylashtirish masalasi boʻyicha ichki ishlar organlariga yuboriladigan hujjatlarning haqiqiyligi va ishonchliligi, pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun korxonalar rahbarlariga, turar joy egalariga nisbatan qanday javobgarlik choralari koʻriladi?

Oʻzimning kvartiramga propiska qilishlari uchun qanday hujjatlarni taqdim etishim lozim?

Korxonada xizmat avtobusi bor, u xodimlarni ishga olib keladi va uyga olib borib qoʻyadi. Xodimlar Toshkent viloyatida yashashadi. Ushbu xodimlar Toshkent shahrida vaqtinchalik propiskada boʻlishlari kerakmi?

Xorijdan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashashga ruxsat olishni xohlashadi. Buning uchun qanday hujjatlar kerak?

Vudofaa ishlari boʻlimi harbiy hisobda turish qoidalari buzilganligi uchun meni ma’muriy javobgarlikka tortdi. Mudofaa ishlari boʻlimi xodimlari haqlimi?


Ha, mudofaa ishlari boʻlimi xodimlari harbiy majbur shaxsni "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida"gi Qonunning (bundan keyin - Qonun) 44-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy hisobini tashkil etish va uni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning (bundan keyin - Yoʻriqnoma) 29, 41-bandlarini buzganlik uchun Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 235-"Harbiy hisobdan oʻtish qoidalarini buzish" moddasining ikkinchi qismi boʻyicha ma’muriy jav