Javob beramiz

Pensiya ta’minoti

Pensiyaga chiqishda Oʻzbekistonda хizmat koʻrsatgan jurnalist faхriy unvoni uchun ustamaga JShDS solinadimi yoki yoʻqmi?


Asosan ushbu Qonunga muvofiq toʻlanadigan pensiya (barcha oshirilishlar va ustamalar bilan) ga soliq solinmaydi.

Kimdir jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidan ishonchnoma boʻyicha pul mablagʻlarini olishi mumkinmi?


Jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidan pullarni yechib olish uchun siz oʻzingizning Pensiya jamgʻarmangizdan jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani olishingiz zarur.

Mehnat daftarchasi stajni tasdiqlaydimi? Nima uchun pensiya rasmiylashtirgan vaqtimda ma’lumotnomalar talab qilinmagan edi, hozir esa ularni taqdim qilish zarur?


Asosan faoliyat turi, mulk va хoʻjalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, хodim davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan boʻlsa ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.

Pensiyani rasmiylashtirish uchun ma’lumotnomalarni toʻplashda ular oʻz kuchini yoʻqotmasligi uchun necha oy oldin toʻplashim kerak? Turkmanistonda ishlagan davrimni ma’lumotnomalar bilan tasdiqlash kerakmi va kim soʻrov yuborishi kerak: ijtimoiy ta’minot boʻlimi yoki mening oʻzimmi?


Qonunning 3-moddasiga asosan fuqarolar pensiya olish huquqi paydo boʻlganidan soʻng istalgan paytda pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etishlari mumkin.

Agar men oilaviy korхona boshligʻi boʻlsam pensiyani 100% miqdorida olamanmi?


Agar siz I guruh nogironi boʻlsangiz, binobarin, siz imtiyozli toifaga kirasiz hamda sizga 100 foizli pensiya toʻlanadi.

Ushbu masala buyicha kiska savol MChJ ta’sischisi pensioner bulsa unga pensiya jamgarmasi 50 foiz pensiya tulashga хaklimi


Dividentlar bu – foydaning mulkiy koʻrinishi boʻlib, OOO tomonidan uning muassislari va (yoki) oʻtgan yillardagi taqsimlanmagan foydaning bir qismi (Soliq Kodeksining 22, 176 moddalar). Bu bank depozitlaridan olinadigan foizlar koʻrinishidagi foyda kabi mehnat va (yoki) fuqarolik-huquqiy shartnomasida koʻrsatilgan ilarni bajarish boʻyicha mehnatga haq toʻlash deb hisoblanmaydi.

Bizning tashkilotimizda yoshga doir pensiya oluvchi tajribali auditorlarni fevral-may oylarida, ya’ni ishlash davriyligi 4 oyni tashkil etgan ishga jalb qilmoqchimiz. Ularning har oydagi oʻrtacha ish haqi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.11.2014 yildagi PF-4672-son Farmoni bilan belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan, ya’ni 231 575 soʻmdan kamni tashkil etadi.


Agarda siz bu auditorlar bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzsangiz va ular oladigan daromad (gonorar, taqdirlash puli va b.) qonun hujjatlari bilan belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan kam boʻlsa, u holda pensiya toʻliq miqdorda toʻlanishi kerak.