Javob beramiz

Ishga qabul qilish

Xodimlarni ishga qabul qilishda (muddatli yeki muddatsiz) qaysi holatlarda tibbiy ma’lumotnoma 086-u formasini talab kilish kerak? Ish bervchi xodimning yashash joyidan ma’lumotnoma talab qilishga haqlimi?


Ishga kirishda ayrim toifadagi xodimlar yoki ishlar uchun tibbiy koʻrikdan oʻtish va tibbiy ma’lumotnomani taqdim etish majburiydir.

Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti shtatlar jadvaliga oʻzgartirish kiritish kerakmi?


Shtatlar jadvaliga oʻzgartirish kiritish yoki kiritmaslik masalasi boʻyicha yuqori turuvchi tashkilotga (OOʻMTV) va Moliya vazirligiga rasmiy soʻrov bilan murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz.

Asosiy ishchi ishdan boʻshaganidan soʻng uning oʻrni haqidagi ma’lumotni Bandlikka koʻmaklashish markaziga takdim qilmmasdan, shu kunning oʻzida vaqtincha mehnat shartnomasi tuzilgan xodimni uning oʻrniga oʻtkazsa boʻladimi?


Ha, boʻladi.

Homiladorlik va tugʻish ta’tili yoki bolasi ikki, uch yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash ta’tilida boʻlgan xodimning oʻrniga boshqa yangi xodimni ish beruvchi Bandlikka koʻmaklashish markazining yullanmasisiz ishga qabul qilishga haqlimi?


Xa, haqli.

Xodimlarni ishga qabul qilishda Klassifikatorda ma’lumot buyicha belgilangan talablar korxonamiz uchun majburiy tusga egami yoki tavsiyaviymi?


Ishga qabul qilishda xodimlar ma’lumotining eng past darajasi hamda ishchilar kasblari boʻyicha malaka razryadlarini belgilash yuzasidan talablar mas’uliyati cheklangan jamiyat uchun tavsiya xususiyatiga ega.

kelgusida 100 nafar kasanachilar bilan shartnoma imzolab, ularning ishlari va buyurtmalarning sifatini yetarli nazorat kilish maksadida korxonaning uzida ishlatishimiz mumkinmi? Yoki kasanachi sifatida emas balki korxonaga shtat buyicha tikuvchilar olishimiz shartmi?


Ha, fuqarolik-huquqiy shartnoma buyicha ijrochi shaxslar shartnoma shartlariga asosan korxonaning oʻzida ishlarni bajarishlari mumkin.

Ish beruvchi va xodimning roziligi bilan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari Klassifikatorida belgilangan “Ma’lumotining eng past darajasi”ga ega, lekin amaliy faoliyat tajribasi yetarli boʻlmagan hollarda Tasdiqlangan shtat jadvalida mavjud vakant lavozim malaka toifasi ikkinchi (ikkinchi toifali muhandis, kamida 3 yil staj talab qilinadigan) ish joyiga malaka toifasisiz muhandis lavozimiga ishga qabul qilish mumkinmi?


Klassifikatorda belgilangan ma’lumotning eng past darajasiga yoki yoʻnalishiga ega boʻlmagan, lekin yetarli darajada amaliy tajribaga ega boʻlgan xodim ishga qabul qilinishi mumkin.

1. Chet el mutaxassislarini ishga olish va ishdan boʻshatish tartibi qanday? Oʻz vatanlariga joʻnab ketishganlarida qanday buyruq chiqariladi? Korxonaning bu vaziyatda ishga olishda mehnat shartnomasi shakli qanday boʻladi? 2. Xorijiy mutaxassislarning mehnat daftarchalari qanday toʻldiriladi? 3. Mutaxassislar qaysi sanadan rezident hisoblanishadi (2015 yildanmi yoki 2016 yil 26 maydanmi)? Chet ellik mutaxassislarga 2015 yil va 2016 yillar uchun qanday soliq hisoblanadi?


1, 2. Chet el fuqarolari ishtirokidagi mehnatga oid munosabatlar OʻzR Mehnat kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Kadrlar boʻlimi inspektori mendan nostrifikatsiyalashni talab qilishga haqlimi?


OʻzR Vazirlar Mahkamasining 25.07.2000 yildagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi 1992 yil 1 yanvardan soʻng berilgan hujjatlarni nostrifikatsiyalanadi (ekvivalentligini qayd etiladi).

Yosh yigitning oʻqish mobaynida yoʻqligi qanday hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi kerak? Oʻqishga joʻnatishni xizmat safari sifatida rasmiylashtirish zarurmi?


Bunga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.

Oilaviy korxona muassislarining oila a’zosi hisoblanmaydigan xodimlarni oilaviy korxona ishga qabul qilishi mumkinmi?


Binoan oilaviy korxona (ish beruvchi) va oilaviy korxonaning yollanma xodimi oʻrtasidagi mehnatga oid munosabatlar mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan tartibga solinadi.

Magistraturada 2 kursda ta’lim olaman. Ta’lim olayotgan joyimda 0,5 stavkada ishlashim mumkinmi? Toʻliq ma’lumot berishingizni soʻrayman.


Ha, Siz OTMda oʻqib, mazkur ta’lim muassasasida 0,5 stavkada ishlash huquqiga egasiz.