Javob beramiz
QQS
- QQSga oʻtish
- QQS boʻyicha aylanma
- Xoʻjalik operatsiyalarida QQS
- Tarmoqlar boʻyicha QQS
- QQS boʻyicha soliq solish bazasini tuzatish
- Imtiyozlar
- Nol darajali stavka boʻyicha QQS
- QQSni hisobga olish
- Hisobga olinmaydigan QQS
- Hisobga olinadigan QQSni tuzatish
- Hisobvaraq-faktura
- Toʻlov va hisobot
- TIFda QQS
- Byudjetdan QQSni qaytarish
- Soddalashtirilgan QQS
2018 yil 4 maydagi PQ-3695-sonli qarordagi loyiha doirasida mahsulotni QQSsiz sotish
Agar mahsulotingizni xarid qilmoqchi boʻlayotgan korxona PQ-3695-sonli qarordagi loyiha doirasida buyurtmachi, bosh loyiha yoki pudrat tashkiloti boʻlsa, mahsulotingizni QQSsiz sotishingiz mumkin.
2019 yilda koʻchar mulkni ijaraga berishda QQS
Korxonangiz refrijiratorlarni Qozogʻiston hududida foydalanishga ijaraga berganligi sababli, xizmatlarni koʻrsatish joyi Oʻzbekiston deb tan olinmagan. Bunday aylanmaga 2019 yilda QQS solinmagan.
2019 yilda xizmatlarni eksport qilish boʻyicha aylanmaga nol darajali stavka boʻyicha QQS solinmagan
Yoʻq, korxona 2019 yilda Qozogʻistonda roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxsga refrijirator vagonlarni ijaraga berib daromad olgan boʻlsa, ushbu aylanma nol darajali QQS solish aylanmasi hisoblanmagan.
QQS toʻlashga oʻz vaqtida oʻtmaslikning oqibatlari
Korxona 2020 yil 1 yanvardan QQS toʻlashga oʻtishi kerak boʻlsa-yu, lekin shunga qaramay aylanmadan soliq toʻlab yurgan boʻlsa, soliq organi korxonaga ushbu davrdagi faoliyatdan QQS va foyda soligʻini hisoblab toʻlatadi, korxona va uning jismoniy shaxslariga jarima solinadi.
2019 yilda tannarxidan arzon sotilgan oʻzi yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha QQS qoʻshimcha hisoblanishi
Korxonangiz 2019 yilning oktyabr-dekabr davrida tannarxidan arzon sotilgan oʻzi ishlab chiqargan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha tannarx va realizatsiya qilish narxi orasidagi farqdangina QQS toʻlashi kerak.
- 1
- 2

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter