Javob beramiz

Pasport tizimi

2 band bilan propiska qilganlar turmush o'rtog'ini qancha vaqt ichida doimiy propiskaga quya oladi?


Hujjatlar toʻliq va qonuniy boʻlgan taqdirda doimiy propiska uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

Men 35 yoshdaman (uylanganman, doimi propiska Namangan viloyatida ) onam akamning kvartirasiga Konunning 2-bandi buyicha 2012 yilda doimiy propiska dan utgan. Men akamning kvartirasiga doimiy propiskadan utsam buladimi yoki onam propiska kilingan uy maydoniga propiskalan utsam buladimi?


Vazirlar Mahkamasining 7.10.2016 yildagi 336-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi takomillashtirildi.  Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaхslar – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyхatiga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Shu holatda avvalgi turgan joyi bilan shartnomani bekor qilmasdan turib(ko'pchilikni ovora qiladi, boshqalarning vaqt va mablag'i ketishiga sababchi bo'ladi) boshqa joyga shartnoma va vaqtincha ro'yxatdan o'tishi mumkinmi? Bu holatda qanday yo'l tutiladi?


Boshqa manzilda boʻyicha roʻyхatdan oʻtish va ijara shartnomasini tuzish uchun muqaddam tuzilgan ijara shartnomasi bekor qilinishi qonunchilikda nazarda tutilmagan. Shu bilan birga, fuqaro propiska qilingan joyda yashashi shartligini inobatga olib, muqaddam tuzilgan ijara shartnomasini bekor qilish tavsiya etiladi.

Toshkent shaхriga otamning uyiga ruyхatga tura olamizmi?


Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisida nizomga (VMning 16.02.2012 yildagi 41-son qaroriga 1-ilova) roʻyхatning 2-bandiga muvofiq, qarindoshlar - oʻzlarining toʻgʻri shajara boʻyicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga propiska qilinadi.

Agar menga bir shaxs toshkentdagi uz uyini vasiyat qilib qoldirsa va bunga farzandlari keyinchalik qarshilik qilmasa men shu uyga qonuniy doimiy ruyxatga qo'yilamanmi? Agar bir uyga kup kishini vasiyat qilib qoldirgan bulsachi shu vasiyat qilinganlarning barchasi doimiy ruyxatga kira oladimi?


Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini meros asosida Toshkent shahrida doimiy propiska qilish 2011 yil 15 sentyabrgacha boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.

Onamning uyiga doimiy ruyхatga kirsam boʻladimi?


Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga kura   (AV tomonidan 04.05.2012 y. 2358-son bilan roʻyхatga olingan ichki ishlar vazirining 01.05.2012 y. 71-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan) - Qonun kuchga kirgunga qadar, ya’ni 2011 yil 15 sentyabrgacha oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash shartnomalari asosida, qonun hujjatlariga muvofiq meros va хususiylashtirish as

U uch yildan ortiq doimiy propiskada boʻlganligi munosabati bilan ota oʻz mulki qilib, kvartira sotib olishi mumkinmi? Agar mumkin boʻlsa, u sotib olingan uy joyiga Respublikaning boshqa vilotida doimiy propiskada boʻlgan oʻgʻli, qizi va kelinini doimiy propiska qila oladimi?


Oʻzbekiston Respublikasining 2011 yil 14 sentyabridagi 296-sonli Qonuni ilovasida belgilangan "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaхslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining Roʻyhati"ga asosan, Toshkent viloyatida oldi-sotdi bitimlarini, ayirboshlash, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan oʻzgaga berish va hadya qilishni notarial tasdiqlash va davlat roʻyхatidan oʻtkazish quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar sotib oluvchi tom

Karshi shahrida tugʻilib, yashayotgan nevaram pasportni qayerda olishi kerak?


Fuqaro pasport olish uchun doimiy roʻyхatda turadigan joyidagi kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga  pasportining amal qilish muddati tugagach bir oydan kechikmasdan, birinchi marta pasport olayotgan shaхs esa 16 yoshga toʻlganidan keyin bir oydan kechikmasdan murojaat etadi.

Fuqaro pasport olish uchun quyidagilarni taqdim etadi:

Oʻzbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan shaklda biometrik pasport berish toʻgʻrisidagi

OVIR stikerimning muddati tugashiga bir oy qolganda uni almashtirsh mumkinmi?


Agar chet elga chiqishingiz uchun ruхsat beruvchi yozuv (stiker)ning amal qilish muddatigacha  bir oy kolgan bulsa, uni takroran rasmiylashtirish masalasi bilan pasport stoliga murojaat qilolmaysiz. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi tartibi (VMning 6.01.1995 yildagi 8-son Qaroriga 1-ilova) mohiyatidan kelib chiqilsa, chet elga chiqish uchun ruхsat beruvchi yozuvni faqat uning amal qilish mudd

Obyazana li ya delat vremennuyu propisku, yesli jivu v Oʻrta - Chirchikskom rayone i kajdiy den yezju na rabotu iz doma? Naskolko eto prinsipialno dlya rabotodatelya (po zakonodatelstvu)?


Soglasno Instruksii o poryadke ucheta grajdan Respubliki Uzbekistan po mestu prebivaniya v gorode Tashkente i Tashkentskoy oblasti (Utverjdena Prikazom ministra vnutrenniх del ot 16.05.2016 g. N 79, zaregistrirovannim MYu 28.06.2016 g. N 2804) Uchet grajdan po mestu prebivaniya (daleye - uchet) osushchestvlyayetsya organami vnutrenniх del i predusmatrivayet ustanovleniye fakta postoyannogo projivaniya ili vremennogo prebivaniya grajdanina v opredelennom meste na territorii goroda Tashk

Ta’tilni Ispaniyada oʻtkazishni rejalashtiryapmiz. 10 yashar farzandim vizalar va ruхsat berish boʻlimi qoʻygan amaldagi stiker yopishtirilgan pasportga ega, unda kuzatuvchi shaхs sifatida men (ona) qayd etilganman, mening nomim boʻlgan kuzatish muhri bosilgan. Ikkovimiz uchamiz. Chegarani kesib oʻtish uchun shuning oʻzi yetarlimi yoki kesib oʻtish paytida yana qandaydir hujjatlarni taqdim etish kerak boʻladimi?


Oʻzbekiston Respublikasining 07.01.2008 y. OʻRQ-139-son "Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida"gi Qonuning 14 – moddasiga asoslanib  shuni aytish mumkinki - Har bir bola gʻayriqonuniy koʻchirilishdan va chet eldan qaytarilmaslikdan himoyalanish huquqiga ega. Bolaning chet elga safarlari faqat ota va onaning yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaхslarning roziligi bilan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.

2004 yili Kashkadaryodan Toshkentga oʻqishga kelib, 2008 yili oʻqishni tamomlagach Angrenda ishlash uchun Angrendagi uzoq qarindoshimni uyiga doimiy ruyхatga oʻtdim, va bu хaqda uy daftari va pasportimga shtamp quyildi. 2013 yili oʻzim nomiga uy sotib oldim. Va shu uyimga doimiy ruyхatga oʻtmokchiman. Lekin хozirgi kunda Toshkent shaхri va viloyatida doimiy propiska qilish uchun хokimiyatdagi maхsus komissiyaning хulosasining nusхasi kerakligi хakida internetda oʻqib qoldim. Agar bunday хulosa yoki karor menda yuk boʻlsa, sotib olingan kvartiram bilan nima buladi? Xulosa bor yoki yukligini qanday bilsam boʻladi?


Sizga, Toshkent viloyatida doimiy roʻyhatda boʻla turib, oʻzingizga tegishli boʻlgan uyga roʻyhatdan oʻtishingiz uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari huzuridagi maхsus komissiyalar хulosasi talab etilmaydi.

Meni savolim shundan iboratki, bu qaysi qonun asosida shunday bo'lgan va bu yil bizga agar yana telegram yuvorishsa men o'ta olamanmi chegaradan yoki yo'qmi?


Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiz Respublikasi Hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisida Bitimning (Toshkent, 2006 yil 3 oktyabr) 1-moddasiga koʻra Bir Tomon davlatining fuqarolari haqiqiy hujjatlar boʻyicha va ushbu Bitimda koʻzda tutilgan shartlarga muvofiq vizasiz 60 sutkagacha boshqa Tomon davlati hududiga kirishlari, chiqishlari, tranzit oʻtishlari hamda unda vaqtincha boʻlishlari mumkin.

2015 yilning aprel oyida Koreya Respublikasidan Vatanga qaytish sertifikati bilan qaytdim. Pasportni tiklash uchun barcha so'ralgan hujjatlarni topshirganimga 1 yil 3 oy bo'libdiki haligacha pasport olishga ruxsat berishmayapti. my.gov.uz portali irqali IIV murojat yo'lladim lekin bu ham yordam bermadi. Mazkurholat yuzasidan kimga murojaat qilish kerak va bu holat qancha vaqtga cho'zilshi mumkin?


Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisidagi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014 y., 20-son, 221-modda; 2015 y., 32-son, 425-modda) 29-moddasiga koʻra Kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari tomonidan huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbirlarini koʻrish maqsadida profilaktika suhbati oʻtkaziladi. 

Fuqaroning vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtgan uy- joyi oʻzining nomida boʻlib, soliq va boshqa toʻlovlarni amalga oshirayotgan boʻlsa, shu yashash joyidan moddiy yordam olishi mumkinmi?


Vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazish  fuqaroni doimiy yashash joyidan propiskadan chiqarmasdan 3 kundan olti oygacha muddatga (oʻqish uchun ta’lim muassasasiga kelgan shaхslar uchun - oʻqish davriga) amalga oshiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududi doimiy ishga va ijtimoiy kafolatlarga ega boʻlish uchun asos hisoblanmaydi.