Javob beramiz

Muassislar bilan hisob-kitoblar

III chorak yakunlariga koʻra dividend xato hisoblanganligi


Amaliyotda 2021 yil III chorak yakunlariga koʻra xato dividend xato hisoblab toʻlanganligining zarari yoʻq.

Jamiyat ustav fondini ta’sischi tomonidan ajratilgan qarz va u boʻyicha foizlar hisobiga oshirish


Ustav fondiga qoʻshilgan hissa tarzida olingan mablagʻlar jamiyat daromadi sifatida hisobga olinmaydi va ushbu mablagʻlar boʻyicha foyda soligʻi va aylanmadan soliq toʻlash majburiyatlari kelib chiqmaydi.

Ustav fondini oshirishga kiritilgan mablagʻlarni qaytarib olishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi? Buxgalteriya oʻtkazmalari qanday boʻladi?


Ta’sis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar ular kiritgan ulushlar boʻyicha ta’sischilar oldidagi majburiyatlar aktivlarni hisobga oluvchi tegishli schyotlar bilan bogʻlangan  holda 6630 "Ta’sischilarning ustav kapitalini oshirish boʻyicha ulushlari" schyotida aks ettiriladi.

Ta’sischining ulushi tovar bilan berilganda QQS hisobi


Jamiyatdan chiqayotgan ta’sischiga uning ulushi tovar bilan berilganda, ushbu tovarlar ta’sischilar oʻrtasida kelishilgan qiymatda unga QQS hisoblagan holda beriladi. Bunda hisobvaraq – faktura rasmiylashtirish va unda QQS stavkasi hamda summasini koʻrsatish zarur.

Ta’sischi ulushi TMZ bilan qaytarilishi mumkinmi?


Ha, Jamiyat ishtirokchilari ulushlarining qiymati ularning roziligi bilan pul, tovar-moddiy zaxiralar va boshka aktivlar koʻrinishida yoki xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkning asli holida berilishi mumkin.

DUK foydasidan 30%ini soliq hisobiga undirib olinishi


Belgilangan muddatda davlat byudjetiga sof foydaning 30% ajratmalari oʻtkazilmasa, davlat soliq xizmati organlariga davlat ulushlari boʻyicha dividendlarni va davlat unitar korxonalarining sof foydasidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga ajratmalarni undirish huquqi berilgan.

Davlat unitar korxonalarining sof foydadan ajratma toʻlashi majburiyati


Ustav kapitalidagi davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik birlashmalari tomonidan dividendlar soʻzsiz hisoblanishi, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq davlat unitar korxonalari tomonidan ularning sof foydasidan 30 foiz miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga ajratilishi kerak.

Shoʻ’ba korxonaning sof foydasi ta’sischiga qanday oʻtkaziladi


Shoʻ’ba korxonasi oʻz ta’sischisiga sof foydani dividend tariqasida oʻtkazadi.

Fermer xoʻjaligi boshligʻi ixtiyorida qoladigan foyda summasini tasarruf etish hisobi


Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlaganidan keyin fermer xoʻjaligi boshligʻi ixtiyorida qoladigan foyda summasini tasarruf etish uchun muassis qarori va buyruq rasmiylashtiriladi.

Ulush mol-mulk bilan qaytarilganda yuzaga keladigan soliq majburiyatlari


Ta’sischi jamiyat ishtirokchilari tarkibidan chiqishida, vaziyatga qarab, dividend soligʻi toʻlash majburiyati, foyda soligʻiga tortiladigan daromad, QQS solinadigan oborot yuzaga kelishi mumkin

Qoplanmagan zarar mavjudligida dividend berish mumkinmi


Agar jamiyatning sof aktivlari qiymati uning ustav fondidan va zaxira fondidan kam boʻlsa yoki toʻlash natijasida ularning miqdoridan kamroq boʻlib qolsa, sof foydani taqsimlash yoki toʻlash ta’qiqlanadi.

Ta’sischining korxona manfaatlarida qilgan xarajatlarini qoplab berish


Xodim yoki ta’sischi korxona manfaatlarida qilgan xarajatlarini qoplab berish mumkin (FKning 47-bobi). Lekin, xarajatlarni bu tarzda amalga oshirish har tomonlama asosalangan boʻlishi lozim.

Ta’sischiga u kiritgan ulush boʻyicha qarzdorlikni tovar bilan qaytarish


Ta’sischiga u kiritgan ulush boʻyicha qarzdorlikni tovar bilan qaytarish qonunga zid emas. Lekin, ayrim holatlarda bunday operatsiya soliq oqibatlarini yuzaga keltirishi ehtimoli mavjud.

Dividendlar hisobidan futbol klubini moliyalashtirish


Futbol klubiga pul mablagʻlari nimaning hisobidan (ta’sischilarga toʻlanadigan dividendlar yoki jamiyat hisobidan) oʻtkazilishiga qarab, toʻlov manbaida soliq ushlab qolish majburiyati yuzaga kelishi yoki kelmasligi mumkin. 

6630 va 3290 schyotlarida hisobga olingan summalarni oʻzaro qoplash mumkinmi?


Yoʻq, bu schyotlarda hisobga olingan summalarni oʻzaro qoplash (ya’ni zachyot qilish) mumkin emas.