Javob beramiz

Hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish masalalari

2023 yilda 15 % QQS bilan qoʻshimcha EHF taqdim qilinishi


Agar 2022 yilda amalga oshirilgan tovarlarni (xizmatlarni) sotish boʻyicha qoʻshimcha EHFni rasmiylashtirish zarur boʻlsa, 15% QQS stavkasini tanlash uchun  koʻrsatilgan qiymat salbiy mazmunga ega boʻlishi kerak.

MXIKni notoʻgʻri qoʻllash oqibatlari


EHF yoki nazorat kassa texnikasi cheklarida xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga yoki faoliyat xususiyati va faoliyat olib borayotgan turiga mos kelmaydigan MXIK aks etishi EHFda yoxud nazorat kassa texnikasi cheklarida koʻrsatilgan, sotilgan tovarlar (xizmatlar) qiymatining 1% miqdorida jarimaga tortiladi.

EHF 10 kun oʻtgach tasdiqlangan deb hisoblanishi


2020 yil mayda mol yetkazib beruvchi tomonidan joʻnatilgan EHFni tasdiqlamagan boʻlsangiz-da, u 10 kun oʻtgach tasdiqlangan hisoblangan.

Qogʻozdagi hisobvaraq-fakturalarni yuritish kerak emasligi


Davlat siriga taalluqli boʻlgan xoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirmasangiz, faqat EHF rasmiylashtirishingiz shart. Qogʻozdagisini rasmiylashtirib, yigʻib borish kerak emas.

EHF avval ishochnoma berilgan jismoniy shaxsga joʻnatilishi


Tovar sotilganida EHF avvalambor ishonchnoma yozib berilgan moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolanishi kerak. Shu sababli EHF uning JShShIRga joʻnatiladi.

Jismoniy shaxs ijara boʻyicha EHF taqdim etmasligi


Koʻchmas mulkni ijaraga bergan jismoniy shaxs EHF taqdim etmaydi.

Avtotransport vositasini sotishda shartnoma va EHF


Avtotransport vositasi xaridorga topshirilgan kuni QQS solish maqsadida u sotilgan kun hisoblanadi, shu kuni EHF rasmiylashtirish kerak.

AVni auksion orqali realizatsiya qilishda EHF va buxgalteriya hisobi


Jismoniy shaxsga EHFni sizning korxonangiz taqdim qiladi. Auksion esa sizning korxonangizga gonorar summasiga EHF ni taqdim qilishi lozim.

EHFdagi xatolarni tuzatish

TIF TN kodi va MXIK boʻyicha tovarni markirovkalash talab qilinsa, nima qilish kerak?


Markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlarni roʻyxatdan oʻtkazish 31.12.2020 yildagi 833-son VMQga 1-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi. Roʻyxatdan oʻtkazishda markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarning nomlanishi, TIF TN kodi, ishlab chiqarilgan mamlakat, vazni koʻrsatiladi (31.12.2020 yildagi 833-son VMQga 1-ilova 29-b.).

Tovarlarni tekinga berishda EHF rasmiylashtiriladimi


QQS solish maqsadida tovarni bepul berish tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma deb tan olinadi, bundan shunday berish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan holatlar mustasno.

Jismoniy shaxsga tovar realizatsiyasida EHF JShShIRga rasmiylashtirilishi

Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi QQSli EHF taqdim etmasligi


Yoʻq, unday qilinmaydi. Korxona 2021 yil I choragi davomida aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi boʻlgan, 2021 yilning 1 aprelidan esa QQS toʻlashga oʻtgan. Bu davrlardagi EHFlar shunga muvofiq ravishda shakllantirilishi kerak.

Ishchilarga tekinga sut berishni rasmiylashtirish


Agar ishchilarga sut berish iqtisodiy jihatdan oqlangan holat deb qaralmasa, u holda tovarni tekinga berish aylanmasi hisoblanadi va QQS solinadi.

Ijara bepul boʻlganda EHF rasmiylashtiriladimi


Bepul foydalanish uchun binoni topshirgan korxona ijarachiga elektron hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart