Javob beramiz

Fuqarolarning chet elga chiqishi

Menda Green card bor, unga koʻra AQShga kirishim mumkin. Biroq viza muddati tugagan.


- Siz majburiy tartibda yashash joyingizdagi tuman IIBning xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga murojaat qilishingiz va biometrik pasport olishingiz zarur. Shundan keyin unga xorijga chiqish uchun ruxsat berish yozuvi (stiker) rasmiylashtirasiz.

Yaqinda Qirgʻizistondan singlim mehmon boʻlib keldi. Biz darhol vaqtinchalik propiskani rasmiylashtirishga kirishdik. TIIB xodimlari barcha zarur shakllarni toʻldirishdi, ularni toʻldirganlik uchun pul olishdi, biz pasportlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun topshirish darchasiga kelganimizda, Qirgʻiziston fuqarolari qarindoshlarining yashash joyiga propiska qilinmaydi, mehmonxonada roʻyxatdan oʻtish kerak deyishdi. Qanday hujjat asosida bizga rad javobi berishdi?

Rossiya pasportiga va Rossiyadagi propiskaga ega boʻlganda OʻzR fuqaroligidan qanday qilib chiqish mumkin?