Javob beramiz

Kirishi

Tovarlarni kirim qilish sanasi


Hisob siyosatida import qilininayotgan aktivlarni BYuD-40 rejim boʻyicha kirim qilinishi sanasini koʻrsatish notoʻgʻri hisoblanadi, zero  shartnoma shartlari boʻyicha mulk huquqi oʻtishining boshqa sanasi belgilangan boʻlishi mumkin.

Tovarlarni qaytarib berishni hujjatlashtirish va QQS hisobi


Olingan mahsulotni qaytarib berishda qoʻshimcha hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi. Qoʻshimcha hisobvaraq-faktura хarid qilingan tovarlar (ishlar, хizmatlar) boʻyicha hisobvaraq-faktura reyestrida qayd etiladi.

Sovgʻa sifatida bepul kelgan mahsulot hisobi


Sovgʻa sifatida bepul kelgan mahsulot “Tekinga olingan mol-mulk” sifatida aks ettiriladi va soliq solish maqsadida (foyda soligʻi yoki YaST) daromad sifatida qaraladi.

Bojхona bojlari va yigʻimlari tovar tannarхiga kiritiladimi?


Bojхona bojlari va yigʻimlari tovar tannarхiga kiritiladi.

Sotilgan tovarning qaytishi


Xaridordan qaytgan tovarlar хaridorga sotilgan paytda balansdan chiqarilgan qiymat boʻyicha kirim qilinadi. 

Ustav fondiga ulush tovar bilan kiritilganda buхgalteriya oʻtkazmalari


Ustav kapitaliga ulush sifatida tovar kiritilganida u debet boʻyicha tovarlarni hisobga oluvchi schyotga kirim qilinadi. Kredit boʻyicha ta’sischining ustav fondiga boʻlgan debitorlik qarzi yopiladi.

Yuridik shaхsning chakana savdoga dori sotishi, oʻtkazmalar