Javob beramiz
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar
Soddalashtirilgan QQS toʻlovchida suyultirilgan gazni sotish boʻyicha oʻtkazmalar
Soddalashtirilgan QQS toʻlovchi korxona kiruvchi QQS summalarini hisobga olish huquqiga ega emas, bu QQS summalari tovar tannarxiga kirim qilinadi. Korxona umumbelgilangan QQS toʻlashga oʻtsa, mol yetkazib beruvchilarga toʻlangan QQS summasi tovar tannarxiga kirim qilinmaydi, balki uni hisobga olish huquqiga vujudga keladi.
Import shartnomalari boʻyicha jazo choralari
Da’vo muddati oʻtgan kreditor qarzni hisobdan chiqarish asoslari
Kreditorlik qarzdorliklarni hisobdan chiqarishda SKning 136-moddasi, FKning 150-151-moddalariga e’tibor berish lozim.
Boshqaning kreditor qarzini begʻaraz toʻlab berishning soliq oqibatlari
Jamiyat boshqa shaxsning kreditorlik qarzini begʻaraz tarzda yopib berishi homiylik va xayriya yordami tarzidagi mablagʻlar hisoblanib, foyda soligʻini hisoblashda chegirilmaydigan xarajatlar sifatida tan olinadi
Kreditor qarzdorlik hisobdan qanday chiqariladi?
Yakka tartibdagi tadbirkordan 2018 yilda olingan avansni korxona 2019 yilda daromadga olishi uchun unda asos boʻluvchi hujjat boʻlishi kerak.
Xorijiy valyutadagi majburiyatni qayta baholamaslik boʻyicha xatoni tuzatish
Avvalgi yillarda balansning valyuta moddalari qayta baholanmagan boʻlsa, joriy yil boshida taqsimlanmagan foyda schyotini oʻzgartirish orqali amalga xatolikni tuzatish mumkin.
Import kilingan uskunani tekinga olingan mol-mulk hisobiga oʻtkazish
Qoʻshimcha kelishuvni TSOYaEA tizimiga kiritish va aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini opshirish lozim.
Kafolatlangan ta’mirlash ishlari boʻyicha oʻtkazmalar
Kafolatlangan ta’mirlash ishlari amalga oshirilganda qilingan xarajatlar kafolatlar boʻyicha majburiyat hisoblab yozish orqali yoki toʻgʻridan-toʻgʻri moliyaviy natijalarga chiqariladi.
Xorijiy valyutada ifodalangan majburiyatni hisobdan chiqarish
Majburiyat xorijiy valyutada boʻlganligi sababali, avval kurs farqlari hisoblanadi, keyin esa majburiyat hisobda chiqarilib daromadga olinadi.
Korporativ mobil aloqa boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar
Agar xizmat vazifasini bajarish uchun xodim tomonidan korxona manfaatida xarajatlar qilingan boʻlsa, ularni hisobda aks ettirish korxonada qabul qilingan tartibga yoki korxona raxbarining qaroriga bogʻliq.
Xodimning korxona manfaati uchun qilgan xarajatlarini qoplab berish
Bunday holatlarda xarajatlarni xodimga qoplab berish mumkin. Biroq, ushbu xarajatlar har tomonlama asoslangan boʻlishi kerak.
Sud qarori asosida majburiyatning toʻlanishi hisobi
Javobgar korxona sud qarorida koʻrsatilgan summadagi majburiyatni aks ettirishi lozim. Ushbu majburiyat toʻlangan avans summasi bilan yopiladi. Sud bilan bogʻliq xarajatlar davr xarajatlariga chiqariladi.
Kreditorlik majburiyatini qoplash boʻyicha oʻtkazmalar
Xorijiy valyutada amalga oshirilgan operatsiyalarning hisobi 22-son BHMS hamda AVda 21.05.2004 yilda 1364-son bilan roʻyxatga olingan Nizomga muvofiq yuritiladi.
Xorijiy valyutadagi kreditorlik qarzi boʻyicha kurs farqi hisobi
Xorijiy valyutada amalga oshiriladigan operatsiyalar hisobi 22-son BHMS hamda Adliya vazirligida 2004 yil 17 sentyabrda 1411-son bilan roʻyxatga olingan Nizomga asosan yuritiladi.
Narxlar chet el valyutasida belgilangan shartnomalar boʻyicha hisob-kitoblar
2017 yil 5 sentyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi xududida tovar, ish va xizmatlar uchun narx va tariflar faqat milliy valyutada belgilanishi lozim.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter