Javob beramiz
Hujjat aylanishi
Maqsadsiz imtiyozni buxgalteriya hisobida aks ettirish
Aniq bir maqsadga yoʻnaltirilmagan imtiyozlar buxgalteriya hisobining balans schyotlarida aks ettirilmaydi va moliyaviy natijalarning shakllanishiga ta’sir koʻrsatmaydi.
Uzluksiz tovarlarni yetkazib berish amalga oshirayotgan soliq toʻlovchilar oyning oxirgi kunida bir marta hisobvaraq-faktura yozishlari mumkin.
Uzluksiz tovarlarni yetkazib berish amalga oshirayotgan soliq toʻlovchilar oyning oxirgi kunida bir marta hisobvaraq-faktura yozishlari mumkin.
Soliq hisobotlarini 1S dasturiga asosan topshirganimiz qonuniymi? Dublikat olishning imkoni boʻlmagan hollarda qanday harakat qilish kerak va buning javobgarligi qanaqa?
Foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa ob’yektlarning hisobini olib bormaslik yoxud bunday hisobni belgilangan tartibni buzgan holda olib borish, basharti bu harakatlar toʻlanishi lozim boʻlgan soliqning yoki boshqa majburiy toʻlovlarning summasini kamaytirishga olib kelsa Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 175-moddasida koʻrsatilgan tartibda jarima solishga sabab boʻladi.
Komitent tomonidan vositachiga tovar berilganda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
Yoʻq, komitent tomonidan vositachiga tovar berilganda EHF emas, balki qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
Elektron hisobvaraq-faktura yordamida TMZlarni berishda elektron ishonchnomaning zarurligi
Korporativ kartaga tovar sotib oladigan korxona bilan shartnoma tuzish zaruriyati
Kirim va chiqim kassa orderlari qanday toʻldiriladi?
Naqd pul tushumini rasmiylashtirishda kirim kassa orderi va chiqim kassa orderini rasmiylashtirish majburiy.
Toʻliq bajarilmagan ishlar hisob-kitobini rasmiylashtirish
Korxonangiz bajarilgan ishlar hajmi 6%ga kam chiqqanidan qat’iy nazar pudratchi tomonidan qilingan ishni shartnomada koʻrsatilgan qiymatda qabul qilishga rozi boʻlsa, sotib olingan ishlar qiymati shartnoma narxiga teng boʻladi.
Import shartnomasini rasmiylashtirish
Ha, xoʻjalik shartnomalari yozma shaklda tuzilgan va taraflar tomonidan imzolangan boʻlishi lozim.
Import qilingan tovarga mulkiy huquqni boshqa korxonaga qanday oʻtkaziladi?
Mol-mulk olish-sotish, ayirboshlash, hadya qilish shartnomalari, hamda qonun bilan taqiqlanmagan boshqa bitimlar asosida mulk qilib olinishi mumkin. BYuD qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtiriladi.
SMR, TIR, va invoyslarning asl nusxalarini saqlash shartmi
TIR – bojxona tranzitining xadqaro hujjati, u import qiluvchi korxonada saqlanmaydi. CMR – bu xalqaro tashishlarda tovarga ilova qilingan yuk xati, uning dublikati import qiluvchi korxonada saqlanadi.
Qaysi hujjat avans hisoblab yozishga (toʻlashga) asos boʻladi?
Oyning birinchi yarmi uchun avans korxonaning ichki hujjatlariga asosan hisoblab yoziladi va toʻlanadi.
Terminal orqali va naqd pulga sotilgan metan gaz summalari boʻyicha oʻtkazmalar
Faoliyat turini aniqlash uchun statistika organlari tomonidan beriladigan IFUT kodiga e’tibor qaratishni maslahat qiladmiz. Terminal orqali olingan tushum terminal cheki asosida “yoʻldagi pullar” sifatida hisobga olinadi.
Ipoteka krediti boʻyicha imtiyozni qoʻllash uchun zarur hujjatlar
Imtiyozni ish joyida qoʻllash uchun buxgalteriyaga ish haqini kredit boʻyicha qarzni soʻndirishga yoʻnaltirish toʻgʻrisida ariza va kredit shartnomasini taqdim etish lozim. Kredit summasini soʻndirish grafigi odatda kredit shartnomasiga ilova qilingan boʻladi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter