Javob beramiz
Talablar
Ushbu xolatda suvni ulgurji savdosi uchun litsenziya olish talab etiladimi? Qaysi soliq turlari va qanday tartibda toʻlanishi lozim? Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soligʻi ham toʻlanadimi?
Suv ta’minoti tashkilotidan olinadigan suv korxonangiz balansiga tovar sifatida kirim qilinmasligi va ulgurji tartibda sotilmasligi lozimligi sababli korxonangiz tomonidan ulgurji savdo litsenziyasini olinishi xam shart emas. Transport xizmatlarini koʻrsatish natijasida olinadigan daromadlardan umumiy belgilangan tartida yagona soliq toʻlovini toʻlaysiz.
Ulgurji savdoni amalga oshirishga litsenziya olish uchun ustav fondini shakllantirish hisob-kitobida EKIH miqdori qaysi sana holatiga aniqlanadi: hisobvaraqqa pul mablagʻlari kiritilgan sanami yoki litsenziya olish uchun ariza berilgan sanami?
Amaliyotda litsenziyalovchi organlarning litsenziya uchun shakllantirilgan ustav fondi muvofiqligini hisoblab chiqarish uchun EKIH miqdorini aniqlash sanasi masalasiga yondashuvlari har xil – ayrim holatlarda xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ustav hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazish sanasidagi EKIH qabul qilinadi, boshqa holatlarda ariza berish sanasidagi EKIH qabul qilinadi.
- 1
- 2

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter