Javob beramiz

Sud qarorlarini ijro etish

Sud qarori mavjud boʻlsa-da, MChJ bankrotligi sababli zarar undirilmay qolmoqda. Bu holatda sud qarori ijrosiz qolib ketadimi? Yetkazilgan zararni undirishning yoki aybdor shaxsni javobgarlikka tortishning qonuniy yoʻllari bormi?


Qarzdrning ta’sischisidan qarzni subsidiar tartibda undirish mumkin.  

 

Intizomiy jazo chorasi qoʻllash muddati qaysi sanadan hisoblanishi lozim: jinoyat sodir etilgan kundanmi, ish beruvchiga mazkur holat ma’lum boʻlgan kundanmi yoki sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundanmi?


Intizomiy jazo aniqlangandan kunidan 1 oy ichida qoʻllaniladi.

Ta’sischiga nisbatan qanday da’vo arizasi beramiz?


Xususiy korxonaning mulkdoridan korxonanning qarzini undirish uchun fuqarolik sudga da’vo arizasi beriladi.

Korxona rahbarining shaxsiy elektron pochtasiga ijro hujjatini yuborish


Jismoniy shaxsning FHTSh boʻyicha hisoblangan daromadidan korxona ijro hujjatlariga muvofiq pul mablagʻlarini ushlab qoladi.

FHTSh boʻyicha hisoblangan daromadlar ijro hujjatlari ob’yekti hisoblanadimi


Qarzdor jismoniy shaxsning FHTSh boʻyicha hisoblangan daromadidan korxona ijro hujjatlariga muvofiq pul mablagʻlarini ushlab qoladi, talabnomada koʻrsatilgan hisobraqamga toʻlab beradi.

Majburiy Ijro Byurosi xodimi qay darajada haqli?


Aliment toʻlovchining ish beruvchisi xodimga ish haqi toʻlangan taqdirdagina pul mablagʻlarini aliment oluvchiga oʻtkazib berishi lozim.

Mukofot pulidan probatsiya uchun ajratma ushlab qolinadimi


Xodim yil yakuni boʻyicha mukofot puli olgan, bu toʻlovdan ajratma faqat jazo oʻtalgan davr uchungina ushlab qolinadi.

Probatsiya uchun ajratma qanday hisoblanadi


Ajratma ish haqining soliq ushlangandan keyin qolgan summasidan emas, balki hisoblangan ish haqi summasidan olinadi.

Dastlab iqtisodiy sudning hal qiluv qarori, keyinchalik jinoyat sudning xukmi bilan ikkita ijro xujjati mavjud va qaysi biri qonuniy va qaysi ijro xujjati boʻyicha undiruv amalga oshirilishi lozim boʻladi?


Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida"gi Qonunda bunga oʻxshash vaziyatlar tartibga solinmagan.

Bank sud qaroridan soʻng foiz toʻlovini olishi mumkinmi? Bunda qaysi hujjatga asosan qanday foiz stavkasida undiriladi?


Kredit boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda sud qarorida koʻrsatilgan, kredit boʻyicha undiriladigan summaga nisbatan foizlar, shuningdek neustoyka hisoblanishi toʻxtatiladi.

Da’vogar hakamlik sudining qarori ijrosini qanday tartibda ta’minlaydi?


Xakamlik sudining qarori majburiy ijro etilishi uchun ijro varaqasini olib MIBga taqdim etiladi.

Shu toʻgʻrimi?


Ajratma ish haqining soliq ushlangandan keyin qolgan summasidan emas, balki hisoblangan ish haqi summasidan olinadi.

MIBning ushbu harakati qonuniymi? Agar qonuniy boʻlsa, yetkazilgan zararning qolgan qismini kim qoplab beradi? Sudning hal qiluv qarorida undirilgan mablagʻ toʻliq korxona hisobiga oʻtkazilsin, deyilgan.


Ushbu holatda amaliyotda qonun normalarini ikki hil talqin qilish holatlar uchraydi.

Iqtisodiy sud orqali yetkazilgan zarar va boy berilgan foydani qanday qilib EIZdan undirib olish mumkin?


Xuquqi buzilgan shaxs oʻziga yetkazilgan zararning qoplanish maqsadida sudga murojaat qilish mumkin.

Jamiyat ijro yigʻimini necha foiz va qachon toʻlashga majbur?


Ijro yigʻimi qarzdordan undiriladi.