Javob beramiz

Xodimlar bilan hisob-kitoblar

Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani hisoblaganda oʻrtacha kunlik ish haqi qanday aniqlanadi – 25.4 ga boʻlib yoki nafaqa vujudga kelgan oydagi kunlar soniga boʻlibmi?


Nafaqani hisoblab chiqarish uchun oʻrtacha kunlik ish haqi oʻrtacha oylik ish haqi summasini oydagi jadval boʻyicha ish kunlariga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.

1. Korхonadan ishdan boʻshaganda хodim tomonidan ta’til puli qoplanadimi? 2. Agar qoplansa, u qaysi summadan qoplanadi, ta’til uchun berilgan puldanmi yoki shu oy uchun hisoblab yozilgan ish haqidanmi?


Xodim ishdan boʻshaganda ortiqcha hisoblab yozilgan ta’til puli yakuniy hisoblash summasini kamaytiradi. Yakuniy hisoblash summasi yetarli boʻlmagan taqdirda, ortiqcha hisoblab yozilgan ta’til puli хodim tomonidan korхona kassasiga toʻlanadi.