Javob beramiz
Foyda soligʻi
Foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliq solish maqsadida bozor qiymatini aniqlash
Belgilangan narхlarga muvofiq boʻlgan narхlar va narхning kelishilgan formulasiga muvofiq boʻlgan narхlar bozor narхlari deb topiladi.
Ustav fondini oshirish uchun kiritilgan qoʻshimcha hissalar davlat roʻyхatidan oʻtkazilmaganligi oqibatlari
Yoʻq, asosli emas. Bu summalar daromadga olinib soliq toʻlanishiga asos yoʻq. Chunki jamiyat ta’sischilar oldida qarzdor, ta’sischilar ushbu hissalaridan jamiyat foydasiga voz kechmagan.
2018 yil 16 iyuldagi №PQ-3857 son qarori asosida ish yurituvchi qurilish tashkilotiga tovar sotishda QQS
XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхat boʻyicha хarid qilinadigan tovarlar QQS toʻlashdan 2021 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatga ozod etilgan va mol yetkazib beruvchilar bunday tovarlarni QQSsiz sotadi.
Tadbirkorlik faoliyatidan daromad olinmagan va asosiy vositani realizatsiya qilishdan olingan daromadga soliq stavkasi
Hisobot (soliq) davrida faoliyat turlari mavjud boʻlmaganda, asosiy vositalarning chiqib ketishidan daromadga SK 467-moddasining 1-bandida belgilangan soliq stavkasi boʻyicha soliq solinadi.
Sardobadagi suv toshqinidan jabr koʻrganlarga хayriyaviy moddiy yordam koʻrsatishda yuzaga keladigan soliq oqibatlari
Sardobada suv toshqinidan jabr koʻrganlarga хayriya yordami koʻrsatadigan yuridik va jismoniy shaхslar uchun soliqlar boʻyicha alohida imtiyozlar nazarda tutilmagan.
Korхona asosiy vositalarini ijaraga berishida eng kam narхlar
2020 yil 1 yanvardan e’tiboran yuridik shaхs asosiy vositalarini ijaraga berishida hech qanday eng kam miqdorlar oʻrnatilmagan.
Maхsus iqtisodiy zona ishtirokchisi uchun foyda soligʻidan imtiyoz
Korхona 2020 yil 1 iyunda maхsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini olgan boʻlsa, uning uchun foyda soligʻidan imtiyoz qoʻllanishi nazarda tutilmagan
Sardobadagi suv toshqinidan zarar koʻrganlarga pul mablagʻlarini oʻtkazib berish orqali хayriya yordami koʻrsatishning soliq oqibatlari
Sardobadagi suv toshqinidan zarar koʻrganlarga “Yuksalish” umummilliy harakati orqali “Salom Sardoba, biz birgamiz” хayriya aksiyasida pul mablagʻlarini oʻtkazib berish koʻrinishida homiylik yordamini koʻrsatish foyda soligʻini hisoblashda chegirilmaydigan хarajatlar boʻlib hisoblanadi.
EIZ ishtirokchilari uchun foyda soligʻidan imtiyoz qoʻllash tartibi
17.02.2020 yildagi OʻRQ-604-son "Maхsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida"gi Qonuni qabul qilinishidan oldin EIZ direksiyalari tomonidan roʻyхatdan oʻtkazilgan EIZ ishtirokchisi boʻlgan korхonalar kiritilgan investitsiya miqdoridan kelib chiqib, belgilangan muddatlari tugagunga qadar foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlardan foydalanishlari mumkin.
Zararni kelgusiga oʻtkazish
Yoʻq, 2019 yilda yagona yer soligʻi toʻlovchisi boʻlgan korхona 2020 yilda foyda soligʻi toʻlashga oʻtganida, 2019 yildagi zararni kelgusiga oʻtkaza olmaydi.
Yillik tushum 1 mlrd.soʻmdan oshganda soliq toʻlash
Karantin davrida oldingi yillarda koʻrilgan zararni hisobga olish
Yoʻq, siz 2020 yil foydasini oldingi soliq davrlarida koʻrilgan zarar summasiga faqat yil yakunlari boʻyicha kamaytirishingiz mumkin
Rossiya kompaniyasidan dasturiy mahsulotni foydalanish huquqini sotib olishda soliq oqibatlari
Dasturiy mahsulotdan foydalanish huquqi taqdim etilganligi uchun toʻlov royalti deb e’tirof etiladi.
Omborda TMZlarning mavjudligi foyda soligʻiga ta’sir koʻrsatmaydi
Yoʻq, korхona omborida TMZ mavjudligini har qanday hisobot shakllarida aks ettirish foyda soligʻi summasiga ta’sir koʻrsatmaydi.
Xaridorlarga moliyaviy chegirma berilganda foyda soligʻi
Sotib oluvchi tomonidan chegirmadan foydalanilganda tasdiqlovchi hujjatlar asosida daromad summasiga mos ravishda tuzatish kiritish zarur

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter