Javob beramiz
QQS
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishda QQS
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishda QQS boʻyicha soliq solinadigan baza boʻlib QQSni kiritmagan holdagi realizatsiya qilish qiymati hisoblanadi.
Xizmatlar importida QQS
2020 yil 1 yanvardan boshlab dasturiy mahsulotlar litsenziarlari boʻlgan kontragentlaringiz – xorijiy korxonalarning xizmatlarni realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi hisoblanadi, chunki korxonangiz Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtkazilgan. Xorijiy kompaniyalar esa QQS toʻlovchisi hisoblanadi.
Vakolatxona uchun hisobvaraq-faktura
2020 yilda xorijiy davlatlarning vakolatxonalariga tovarlar realizatsiya qilishda va xizmatlar koʻrsatishda hisobvaraq-faktura 15%lik QQS bilan yozib beriladi.
Ijaraga oluvchi tomonidan kommunal xizmatlarning qoplab berilishini EHFda aks ettirish
Agar 2019 yilda QQSdan ozod etilgan tovar tannarxidan past narxga sotilsa, sotish va tannarx orasidagi farq QQS hisob-kitobi tarkibiga kiruvchi 1-ilova – “tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha oborotlar” ning 0103 satrida koʻrsatiladimi?
Yoʻq, QQSdan ozod etilgan tovar tannarxidan past narxga sotilsa, sotish va tannarx orasidagi farq QQS hisob-kitobi 1-ilovasining 0103 satrida koʻrsatilmaydi.
Soliq kodeksidagi eksportyorlar eksport qilgan tovarlariga nol stavkada QQS qoʻllashi xizmatlarni eksport qilishga ham taalluqlimi? Agar taalluqli boʻlmasa, xizmatlarni eksport qilganda QQS invoysda qanday koʻrsatiladi va buyurtmachidan qanday undirib olinadi?
Nol darajali stavka boʻyicha soliq solish Soliq kodeksining 36-bobida batafsil keltirilgan. Bundan tashqari holatlarda ushbu stavka qoʻllanilmaydi.
Arzon uylar qurilishida ishtirok etayotgan "Oʻzshaharqurilish" pudratchilariga qurilish materiallarini sotganimizda tovarni "QQSsiz" berishimiz kerakmi? 22.11.2016 yildagi PQ-2660-son Prezident Qarorining 17-bandida faqat ishlab chiqaruvchilar nazarda tutilmoqdami yoki boshqa joydan sotib olib qayta sotuvchilar ham nazarda tutilganmi?
Yoʻq, korxonangiz qurilish materiallari va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi boʻlmaganligi sababli PQ-2660 da koʻrsatilgan QQS boʻyicha imtiyozni qoʻllay olmaydi.
Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasi tomonidan benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiyasida QQS bazasini aniqlash.
QQS aksiz soligʻini hisobga olgan holda realizatsiya qilish narxidan kelib chiqib hisoblanadi
Reklama maqsadlarida bepul tarqatilgan tovarlar boʻyicha QQS ni hisobga olish.
Reklama aksiyasi davomida TMZni hisobdan chiqarish reklamaga qilingan xarajatlar sifatida e’tirof etiladi. QQS boʻyicha soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi.
2019 yil uchun QQS boʻyicha hisobot qaysi muddatlarda soliq xizmati organlariga topshiriladi va toʻlovlar qachon amalga oshiriladi?
2019 yil uchun QQS boʻyicha yillik hisobot 2020 yilning 20 yanvaridan kechiktirmay soliq xizmati organlariga taqdim etilishi lozim.
AJ shoʻ’ba korxonasi boʻlmish MChJning nizom jamgʻarmasini oʻz aksiyalarini kiritgan holda shakllantirganida QQS toʻlash boʻyicha majburiyat yuzaga keladimi?
Yuridik shaxslarning nizom jamgʻarmasidagi qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilish QQSdan ozod.
2019 yilda mahsulot eksport qilinganida nol stavkali QQS qoʻllanilishi natijasida vujudga kelgan QQS boʻyicha ortiqcha toʻlov summasini 2020 yilda byudjetdan qaytarish mumkinmi?
Xa, 2019 yilda mahsulot eksport qilinganida nol stavkali QQS qoʻllanilishi natijasida vujudga kelgan QQS boʻyicha ortiqcha toʻlov summasini 2020 yilda byudjetdan qaytarish mumkin.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter