Javob beramiz
QQS
Tovar importida bojxonada toʻlanmagan QQSni hisobga olish
Yoʻq, mumkin emas. Korxona 2019 yilda ishlab chiqarish uskunalarini import qilganida AVda 2013 yil 20 martda roʻyxatga olingan 2436-son Qarorga asosan bojxonada toʻlanmagan QQSni imtiyoz maqsadli boʻlmaganligi sababli hisobga ololmaydi.
Internet tarmogʻida reklama xizmatlari va QQS
Televideniyeda va (yoki) radioda, ommaviy axborot vositalarida va boshqa shakllarda reklamani joylashtirish boʻyicha xizmatlarni realizatsiya qilish joyi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi hududi tan olinadi, basharti ular Oʻzbekiston hududida amalga oshirilgan boʻlsa.
Oʻzbekiston hududida norezidentlarga turistik xizmatlar koʻrsatishda 15%lik stavkada QQS hisoblanadi.
QQS hisobotida balansda saqlovchi ijara operatsiyasini aks ettirmaydi
Davriy nashrlar gazeta tahririyati QQSni qachondan toʻlay boshlaydi
Gazeta tahririyati mahsulotlari sotuvi 1 apreldan boshlab QQSsolinadigan oborot hisoblanadi.
Tovarlar soliq solinmaydigan aylanma uchun foydalanilganda, qabul qilingan tovarlar boʻyicha QQS
Tovarlardan (xizmatlardan) kelgusida soliq solishdan ozod etilgan aylanma uchun foydalanilganda, ilgari ularni olish chogʻida hisobga olish uchun qabul qilingan QQS summasiga tuzatish kiritilishi lozim.
Ijara toʻlovi bekor qilingan yoki kamaytirilganda QQS
Yuzaga kelgan sharoitlarda tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlganlar tomonidan davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarini hisoblash va undirishni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Xususiy maktabda bepul oʻqitish boʻyicha xizmatlarning QQSdan ozod etilishi
Ha, xususiy maktabda maktab xodimlarining farzandlarini bepul oʻqitish tannarxi QQSdan ozod qilinadi.
XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalar ishtirokchilariga tovarlarni sotishda QQSdan ozod etilishi
Ha, qoʻllaniladi. XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar QQS toʻlashdan 2021 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatga ozod etiladi.
Vositachilik shartnomasi asosida mahsulot realizatsiyasida QQS
Bunda vositachilik shartnomasida komitent QQS toʻlovchi hisoblanishini aks ettirish hamda vositachilik tovarining realizatsiya qilish qiymatini QQSni hisobga olgan holda koʻrsatish lozim.
Davriy nashrlarga obuna uchun xarajatlar boʻyicha QQS
Davriy nashrlarga obuna boʻyicha QQS summasi hisobga olinishi mumkin, basharti obunachi korxona QQS toʻlovchisi boʻlsa va uning soliq solinadigan aylanmalari mavjud boʻlsa (SKning 266-moddasi 1-qismi).
Inventarizatsiya boʻyicha kamomadni moddiy javobgar shaxsga qaratish QQS boʻyicha soliq solish ob’yekti boʻlmasligi
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomadni moddiy javobgar shaxsdan undirishga qaratish tovarlar realizatsiyasi hisoblanmaydi. Shu sababli QQSga tortilmaydi.
Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilari hisobvaraq-fakturani QQSsiz taqdim etadilar
Ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha xizmatlarni buyurtma qilgan korxonaning soliq solish tartibidan qat’i nazar, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchi - xizmatlar yetkazib beruvchi hisobvaraq-fakturani QQSsiz taqdim etadi.
Import tovarni realizatsiya qilish narxi
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan (import qilingan) tovarlarni realizatsiya qilish chogʻida QQS boʻyicha soliq bazasi ushbu tovarlarni olib kirish (import qilish) chogʻida byudjetga haqiqatda toʻlangan soliq hisoblab chiqarilgan qiymatdan past boʻlishi mumkin emas
Avtomobil sotib olishda QQSni hisobga olish
Yoʻq, korxona ma’muriy maqsadlar uchun foydalaniladigan avtomobilni sotib olish chogʻida toʻlangan QQS summasini hisobga olmaydi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter