Javob beramiz

JShDS

Paxta yigʻim-terimiga jalb qilingan jismoniy shaxslarga imtiyozlar


Paxta yigʻim-terimi boʻyicha qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilinadigan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganlik uchun olgan daromadlariga JShDS solinmaydi.

Xitoy fuqarolarining mehnat haqi va dividendlarini soliqka tortish


Chet ellik jismoniy shaxslarning mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari JShDS va ijtimoiy soliqqa tortiladi.

YaTT tugatilgandan soʻng qolgan tovarlarni jismoniy shaxs tasarruf etishi


YaTT oʻz faoliyatini toʻxtatlanidan keyin uning mulki oʻsha jismoniy shaxs ixtiyorida mulk huquqi asosida qoladi. Jismoniy shaxs ushbu mulkni istaganicha tasarruf etishi mumkin.

JShDS boʻyicha imtiyozlar


JShDS boʻyicha imtiyozlar amaldagi Soliq kodeksining 54-bobida keltirilgan.

Jismoniy shaxs olgan qarzidan JShDS toʻlamasligi


Yoʻq, agar qarz muddati tugamagan boʻlsa, shuningdek, qarz beruvchi qarz summasidan voz kechmagan boʻlsa, ushbu summani qarz oluvchi jismoniy shaxsning daromadi deb hisoblab, unga 12% stavkada daromad soligʻi hisoblanishi notoʻgʻri.

Chet el korxonasining vakolatxonasi xodimlarini bepul ovqat bilan ta’minlaganida soliq oqibatlari


Oziq-ovqat qiymati yoki oziq-ovqat qiymatini qoplash xodimlarning ish haqi tarzidagi daromadi hisoblanadi.

 

JShDSdan imtiyoz mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun toʻlangan kontrakt puliga nisbatan qoʻllanilmasligi


A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida toʻlov-kontrakt asosida oʻqigan pedagog xodimning amalga oshirgan oʻqish uchun toʻlovlariga nisbatan JShDSdan imtiyozni qoʻllash mumkin emas.

Jismoniy shaxsdan olingan foizli qarz boʻyicha foizlarni hisoblash va JShDS toʻlash


Oʻzbekiston rezidenti boʻlmish jismoniy shaxsning foiz koʻrinishidagi daromadlari JShDSga 5% stavkada tortiladi.

Normadan ortiq sarflangan xizmat safari xarajatlarining soliq oqibatlari


Xizmat safarlari vaqtida qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar) mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadga kiritiladigan kompensatsiya toʻlovlari jumlasiga kiradi va ijtimoiy solik, JShDS, FJPTga tortiladi.

183 kundan koʻproq davrda Oʻzbekistonda boʻlgan shaxs rezidentdir


Agar siz ishga olgan xodim oxirgi 12 oy davomida jami 183 kundan koʻproq davrda haqiqatda Oʻzbekistonda boʻlgan boʻlsa, u soliq rezidenti, aks holda esa norezidentdir.

Mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik bilan bogʻliq zararning oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlovlarning soliq oqibatlari


Mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik bilan bogʻliq zararning oʻrnini qoplash boʻyicha belgilangan miqdordagi toʻlovlar jismoniy shaxsning daromadi sifatida qaralmaydi va JShDSga tortilmaydi.

Xodimning davolanish haqini oʻrnini qoplash qiymatini toʻlash jismoniy shaxsning moddiy naf tarzidagi daromadi hisoblanadi va JShDSga tortiladi


Xodimning statsionar va ambulator davolanish haqini yoki ularning oʻrnini qoplash qiymatini toʻlash jismoniy shaxsning moddiy naf tarzidagi daromadi hisoblanadi va JShDSga tortiladi

Pensionerlarga toʻlanadigan mukofot summalariga JShDS solish


Agar mukofot korxonada avval ishlab pensiyaga chiqqan va hozirda ishlamaydigan pensioner shaxslarga toʻlansa, bunday toʻlov boshqa daromadlarga kiritiladi va JShDSga tortiladi.

Oʻzining oliygohda oʻqishi uchun kontrakt summasini toʻlashda JShDS boʻyicha imtiyoz


Ha, jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasining oliy oʻquv yurtlarida oʻzining ta’lim olishi uchun yoʻnaltirgan soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlariga JShDS solinmaydi, bunda talabaning yoshi boʻyicha chegaralash yoʻq.

Chet ellik jismoniy shaxsga qarz shartnomasi boʻyicha qarz qaytarilganida soliq oqibatlari


Chet ellik jismoniy shaxsga qarz shartnomasi boʻyicha asosiy qarz summasi qaytarilganida soliq oqibatlari kelib chiqmaydi. Foizlar qaytarilganida esa soliq oqibatlari bor.