Javob beramiz

Yuridik shaxslarning xoʻjalik faoliyati

Agar tashkilot karantin xizmatini koʻrsatsa, ya’ni yotoqxona bilan ta’minlasa, qanday shartnoma tuzishi mumkin?


Karantin xizmatlarini koʻrsatishda ijara yoki tibbiy xizmatlar koʻrsatish shartnomasini tuzsa boʻladi.

Hozirgi kunda ob’yektni ishga tushirish uchun kerak boʻlgan asosiy vositalarni AJ uchinchi tarafdan sotib olib, MChJga ishonchnoma asosida realizatsiya qilgan. Ushbu operatsiyalar toʻgʻrimi?


Asosiy vositalar oldi-sotdi shartnomasini tuzish orqali realizatsiya qilinishi shart.

1. Ustav fondi majburiy tartibda kamaytirilishi lozimmi? 2. Ushbu korxonani tugatish tartibini toʻliq yoritib bersangiz? 3. Mazkur korxona rahbarining xususiy korxonasi ham mavjud. Korxonani ushbu xususiy korxonaga qoʻshib yuborish mumkinmi?


Agarda ta’sischi bilan aloqalar uzilib ketgan boʻlsa sudga murojaat etib ta’sischi bedarak yoʻqolganligini tasdiqlab shirkatni tugatish toʻgʻrisida ariza berish mumkin.

 

Ushbu aksiyadorlik jamiyatining filiali va mas’uliyati cheklangan jamiyat ulgurji savdoni amalga oshirsa boʻladimi? Misol uchun, 20 mln. soʻmlik oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirmoqchi?


Xa, ma’suliyati cheklangan jamiyatlar va aksiyador jamiyatning filiali ulgurji savdo bilan shugʻullanish huquqiga ega. 

1. Yerni auksionga qoʻyish tartibi qanday? 2. Bu vaziyatda tuman mutasaddilarisiz oʻzimiz respublikaga ariza bera olamizmi?


Yoʻq, ariza bera olmaysiz, biroq fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga shikoyat qilishingiz mumkin.

Kichik sanoat zonasi rahbariyatining talabi toʻgʻrimi? Yoki 2020 yilgi pandemiya munosabati bilan Kichik sanoat zonasida ijaraga turuvchilar uchun Hukumatimiz tomonidan imtiyozlar berilganmi?


2020 yil 24 martdan boshlab karantin amal qilinishi bekor boʻlgunga qadar ijara toʻlovlari hisoblanmaydi.

Davlat byudjeti hisobidan qurib foydalanishga topshirilgan qurilish ob’yektlarini qancha muddat oʻtgandan keyin nazorat oʻlchovidan oʻtkazish mumkin emas (qaysi me’yoriy hujjatga asosan)?


Kafolat muddati ichida yoki jinoiy ish boʻyicha talab etilganda.

Koʻchma savdoni tashkil etish


Koʻchma savdo tovarlarni realizatsiya qilish rejalashtirilayotgan tumanlarning hokimiyatlari bilan tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.

Xususiy tashkilot tomonidan uskunani konservatsiya qilish uchun loyihalash va konsalting firmalarini jalb qilish zaruriyati


Loyihalash va konsalting tashkilotlarining jalb etilishi shart.

Qanday hujjatlarga asosiy va yordamchi muhrlar qoʻyiladi hamda Nizom (AV tomonidan 27.10.2001 yilda 1077-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bekor qilingan holatda qaysi hujjatlarga amal qilinadi?


Davlat tomonidan tadbirkorlik sub’yektlariga muhrdan foydalanish borasida mustaqil tanlash huquqi berildi

Tovarlarni naqd pulga sotib olish boʻyicha qonunchilikda ma’lum cheklovlar va alohida talablar mavjudmi? Chek daftarchasi asosida olingan naqd pulga tovar sotib olish tartibi boʻyicha batafsil tushuntirish bersangiz.


Bankdan olingan naqd pulni qaysi maqsadda olish boʻyicha cheklovlar mavjud emas. Kassada limit doirasida naqd pullar saqlanishi mumkin.

Xususiy bolalar bogʻchasining ustavda koʻrsatilmagan tarzda faoliyat koʻrsatishi mumkinligi


- Ha, mumkin.

Korxona mikro yoki kichik biznes sub’yekti hisoblanishini aniqlash


Mezon bu yerda oddiy - shtatdagi xodimlar va fuqarolik-huquqiy shartnoma boʻyicha ish bajaruvchi shaxslarning oʻrtacha yillik soni. Bu son oʻtgan 2019 yil yakunlari boʻyicha aniqlanadi.

Boshqa jismoniy shaxsning qarz shartnomasi boʻyicha qarzdorligi XK mulkdoriga oʻtkazilishi va keyin dividend hisobidan qoplanishi


Avval qarzdor oʻz qarzini korxona mulkdoriga oʻtkazish toʻgʻrisida kelishuv tuzadi va korxona mulkdori oʻz korxonasining oldida qarzdor boʻlib qoladi. Keyin ushbu qarz dividendlar hisobiga yopiladi.

Ushbu harakatlarimiz qonuniymi yoki boshqacha usulni tavsiya qilasizmi?


Xomashyo va boshqa tovar-moddiy boyliklar nomi va oʻlchov birligi barcha hisobot xujjatlarida bir xil yuritilgani yaxshi.