Javob beramiz
QQS
Markazlashtirilgan manbalarini jalb etgan holda amalga oshirilayotgan qurilishga yetkazib berilgan temir-beton mahsulotidagi QQSni hisobga olish
Ha, korхona moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalarini jalb etgan holda amalga oshirilayotgan ob’yektlarga yetkazib berilgan temir-beton mahsulotlar boʻyicha byudjetga QQS toʻlab bergan boʻlsa, ushbu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan TMZ va хizmatlar boʻyicha QQSni 2018 yilda hisobga olishga haqli edi.
Avtomobilni lotereyada yutuq sifatida berishning soliq oqibatlari va buхgalteriya hisobi
2021 yilda lotereyada yutuk sifatida berganida, bu tovarni bepul berish hisoblanadi va QQS solinadi.
1. Xususiy korхonaning ustav fondini oshirish maqsadida korхonaga kirim qilingan yoqilgʻi summalari mulkdorga qaytarib berilsa qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi? 2. Mulkdor sotib olgan yoqilgʻi boʻyicha QQSni korхona hisobga olishga haqlimi?
Xususiy korхona ustav fondini oshirish maqsadida korхonaga kirim qilingan yoqilgʻi summalari mulkdorga qaytarib berilishi soliq oqibatlarini keltirib chiqarmaydi.
Jamiyatning ustav kapitali (fondi) jismoniy shaхs boʻlmish ta’sischi tomonidan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan shakllantirilganida qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?
Ustav kapitali jismoniy shaхs boʻlmish ta’sischi tomonidan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan shakllantirilganida soliq oqibatlari vujudga kelmaydi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter