Javob beramiz

Foyda soligʻi

Ta’sischilar dividendlarini UKni oshirishga yoʻnaltirganda soliq oqibatlari


MChJ ning ta’sischilariga dividend toʻlanganda soliq imtiyozlari nazarda tutilmagan.

Foyda soligʻi hisob-kitobida utilizatsiya qilingan tovarlar qiymati chegiriladimi


TMZni hisobdan chiqarishda saqlash muddati tugaganligi sababli zararlar foyda soligʻi hisob-kitobida chegirilmaydi

Foyda soligʻining pasaytirilgan soliq stavkasini qoʻllash

Tovon puli va qaytmagan qarz


Soliq toʻlovchi oldingi hisobot (soliq) davrlarida soliq solinadigan daromadlar olish bilan bogʻliq boʻlgan umidsiz qarzlarni chegirib tashlashga haqli.

YTHga uchragan avtomobilni sotishda buxgalteriya hisobi va soliq oqibatlari


Avtomobilni sotishdan oldin mustaqil baholovchi tashkilot tomonidan uni baholatib, qiymatini pasaytirib, undan keyin sotishdagi hisob-kitoblarni amalga oshirish kerak. Shunda buxgalteriya hisobidagi moliyaviy natija ham, soliqlar ham toʻgʻri hisoblanadi.

YTHga uchragan ijaradagi avtomobilni ta’mirlash va sugʻurta toʻlovlari buxgalteriya hisobi va soliq oqibatlari


Bu vaziyatda ijara shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv rasmiylashtirib, u asosida ijaraga beruvchi pulni ijaraga oluvchiga oʻtkazib berishi mumkin.

Soliq tekshiruvi qoʻshimcha hisoblab undirgan soliqlar chegirilmasligi


Yoʻq, korxonangizdan undirib olingan QQS summalari chegirilmaydigan xarajatlarga kiradi.

Ta’sischi korxona bank hisob raqamiga pul kiritishining soliq oqibatlari


Topshirilgan pul mablagʻlari korxona daromadi sifatida qaralishi yoki qaralmasligi tomonlar kelishuviga bogʻliq. Ta’sischi korxonaning bank hisob raqamiga pul kiritishi avval tegishlicha hujjatlashtirilgan boʻlishi lozim.

Pul mablagʻlarini xayriya qilish chegirilmaydigan xarajat ekanligi


Korxona futbol klubiga ma’lum miqdordagi pul mablagʻlarini xayriya qilsa, ushbu xarajat foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda chegirilmaydi.

Ijtimoiy sohada faoliyat yurituvchi korxona 0 foiz stavka qoʻllashi uchun daromadni aniqlash


Jami daromad SK 297-moddasiga asosan aniqlanadi.

Byudjet subsidiyalarining soliq oqibatlari


Soliq kodeksi 48-moddasida nazarda tutilgan talablar bajarilishi sharti bilan olingan subsidiyalar foyda soligʻini hisoblashda daromad sifatida tan olinmaydi.

Qarz oluvchining MB stavkasidan kelib chiqadigan foizli daromadi faqat soliq solish maqsadida tan olininadi


Qarz oluvchining ushbu daromadi faqatgina soliq solish maqsadida tan olinadi. Buxgalteriya hisobida bu daromad tan olinmaydi, shu sababli buxgalteriya oʻtkazmalari bilan aks ettirilmaydi.

Xodimning oʻqishi uchun kontrakt summasini toʻlab berishda foyda soligʻi


Agar korxona oʻzi uchun oliy ma’lumotli kadr tayyorlash maqsadida xodimning oliy oʻquv yurtida oʻqishi uchun toʻlov-kontrakt summasini toʻlab berayotgan boʻlsa, xarajat iqtisodiy jihatdan oqlangan hisoblanadi va foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda chegiriladi.

Sotilgan mahsulotning qaytarilishi va oqibatlari


Yaroqsiz xolga kelgan mahsulotning hisobdan chiqarilishi sizning vaziyatingizda sotish xarajatlari hisobiga amalga oshiriladi.

Koʻchmas mulkni ijaraga beruvchi yuridik shaxslar tomonidan ijara toʻlovining eng kam stavkalarini qoʻllash


Ijaraga beruvchi shartnomada ijaraga oluvchi bilan kelishgan holda har qanday ijara summasini belgilashi mumkin. Shuningdek, koʻchmas mulk begʻaraz foydalanishga berilishi ham mumkin.