Javob beramiz
Foyda soligʻi
Ustav fondi koʻpaytirilmagan holda ta’sischiga mablagʻlarni qaytarishning soliq oqibatlari
Ustav fondini koʻpaytirish roʻyxatdan oʻtkazilmagan va ta’sischiga kiritilgan mablagʻlar qaytarilgan boʻlsa, mablagʻlarning foizsiz qarz sifatida kvalifikatsiya qilinishi xavfi mavjud.
Keyingi yilga nima oʻtadi: xarajatmi yoki zarar
Ushbu holatda korxona boshqa xarajatlarni keyingi yilga qoldirishi mumkin emas. Xarajatlar ularga tegishli boʻlgan davrda hisobga olinadi, xarajatlarning daromaddan ortiq qismi esa zarar sifatida e’tirof etiladi.
Jami daromad 10 mlrd soʻmdan oshganda foyda soligʻining pasaytirilgan stavkasi
Agar korxona imtiyozni qoʻllash shartlariga javob bersa, soliq organiga murojaat yoʻllab, soliq organining ma’qullashini olishi lozim.
Qurilishi tugallanmagan ob’yekt boʻyicha soliq oqibatlari
0940 schyotida aks etgan uzoq muddatli debitorlik qarzi oʻzicha mol-mulk soligʻi boʻyicha soliq oqibatlarini keltirib chiqarmaydi.
Da’vo arizasi berishda toʻlangan davlat bojining foyda soligʻi boʻyicha soliq oqibatlari
Toʻlangan davlat bojining foyda soligʻi boʻyicha soliq oqibatlari vaziyatdan kelib chiqqan holda turlicha boʻlishi mumkin.
Foizli xarajat chegiriladimi
Agar 20% stavkada jalb qilingan mablagʻlar daromad olishga qaratilgan faoliyatda foydalanilgan boʻlsa, u boʻyicha foizli xarajatlar (shu jumladan 1,5% farq summasi ham) foyda soligʻi hisobida chegiriladigan xarajat deb qaraladi.
Uzoq muddatli kontraktni bajarishda daromad va xarajatlar qanday tan olinadi
Agar kontrakt bir necha soliq davri davomida bajarilsa va unda ishlarni bosqichma-bosqich topshirish belgilanmagan boʻlsa, daromadni ishlar yakunlanganida bir yoʻla tan olish toʻgʻri emas. Bu holda daromad kontraktning qay darajada bajarilganiga qarab har bir hisobot davrida tan olinadi.
Investor bilan shartnomaviy munosabatlar va soliq oqibatlari
Bunday munosabatlar uchun amaldagi qonunchilikda alohida huquqiy konstruksiya nazarda tutilmagan. Amalda tomonlarning kelishuviga qarab investitsiya shartnomasi, oddiy shirkat, qarz shartnomasi yoki aralash turdagi shartnoma rasmiylashtirilishi mumkin.
Tushum tarkibi oʻzgarganda foyda soligʻi stavkasi oʻzgaradimi?
Tushumning tabiiy gazni realizatsiya qilishdan olingan qismi polietilen granulalarini realizatsiya qilishdan olingan tushumdan koʻp boʻlganining oʻzi korxonani 15 foizlik foyda soligʻi toʻlovchisi sifatida e’tirof etish uchun asos boʻlmaydi.
Tovarlar (xizmatlar) haqiqiy tannarxidan past narxda UFga topshirilganda soliq oqibatlari
Kvartiralar UFga ulush sifatida boshqa kompaniyaga qurilishning haqiqiy tannarxidan past baholash qiymati boʻyicha berilganda, soliq organlari tomonidan foydalaniladigan kvartiralarning bozor qiymatini hisobga olgan holda soliq bazasiga tuzatish kiritish zarur.
Sud qaroriga asosan undirilgan penya hisobi
Sud qaroriga asosan undirilgan penya korxona uchun boshqa operatsion daromad hisoblanadi va foyda soligʻi boʻyicha soliq solish ob’yektiga kiradi.
Homiylik xayriyasining buxgalteriya va soliq hisobi
Homiylik xayriyasi buxgalteriya hisobida operatsion xarajat sifatida aks ettiriladi, foyda soligʻi maqsadlarida esa chegirilmaydigan xarajat hisoblanadi.
Sugʻurta shartnomasi bekor qilinganda daromad va xarajatlarga tuzatish kiritish
Sugʻurta shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda sugʻurta mukofoti va agentlik komissiyasi boʻyicha daromad hamda xarajatlarga tuzatish shartnoma bekor qilingan soliq davrida kiritiladi.
Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisi foyda soligʻini 0% stavkada toʻlashi shartlari
Ushbu vaziyatda foyda soligʻi boʻyicha soliq oqibatlari korxona turli daromadlarining jami daromaddagi ulushiga bogʻliq.
Qarz olganlik uchun bonus
Qarz beruvchi tomonidan toʻlangan bonus summasi xarajat sifatida tan olinishi masalasi uning iqtisodiy asoslanganligiga bogʻliq.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter