Javob beramiz

Norezidentlarga soliq solish

Norezidentdan olingan qarz boʻyicha foizlarni soliqqa tortish


Norezidentga har qanday qarz majburiyatlari boʻyicha toʻlanadigan foizlardan soliq agentida  soliq ushlab qolinadi. Soliq stavkasi 10%ni tashkil etadi.

Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona


Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar xususiylashtirish sub’yektlari boʻlmaydi.

Norezidentlar daromadiga soliq


Norezidentlarning DM orqali amalga oshiriladigan daromadlariga va DM bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlariga soliq solish turlicha amalga oshiriladi

Sugʻurta faoliyatini amalga oshirishning soliq oqibatlari


Chet ellik sugʻurta brokerlarining rezidentlik sertifikatlarini olishingiz kerak emas.

Chet elda koʻrsatilgan xizmat importi


Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalaridan olingan daromadlar jumlasiga kirmaydi va soliq oqibatlarini yuzaga keltirmaydi.

Transport-ekspeditorlik xizmatlarini koʻrsatishning soliq oqibatlari


Bu xizmatlarni realizatsiya qilish joyi sizning vaziyatingizda Oʻzbekiston Respublikasi hisoblanmaydi. Demak, bunda QQS boʻyicha soliq solish ob’yekti yoʻq.

Norezidentga toʻlab beriladigan royaltining soliqqa tortilishi


Agar koreyalik korxona royaltining amaldagi egasi boʻlsa va royalti koʻrinishidagi daromadni olishga boʻlgan huquqqa haqiqatda ega ekanligi tasdiqnomasini taqdim etsa, royalti aynan nima uchun toʻlab berilayotganidan kelib chiqqan holda korxonangiz tomonidan norezident daromadidan olinadigan soliqqa 2% yoki 5% stavkada tortiladi.

Xitoylik kompaniya tomonidan transport xizmatlari koʻrsatilganida soliq oqibatlari


Sizning vaziyatingizda xitoylik kompaniyaga tovarlarni yetkazib berish uchun toʻlab bergan transport xarajatlaringizning Oʻzbekiston Respublikasida soliq oqibatlari boʻlmaydi.

Fransiyalik kompaniyadan maslahat xizmatlarini sotib olishda norezidentning daromadlaridan olinadigan soliq


Korxonangiz fransiyalik kompaniyaga uning daromadini soliqni ushlamagan holda toʻliq toʻlab berishga haqli.

Chet el korxonasining soliq rezidentligi qanday hujjatlar bilan tasdiqlanadi


Savolga Soliq qoʻmitasining Soliq solish uslubiyati departamenti xalqaro soliq solish boʻlimi boshligʻi Ra’no ALIShAYeVA javob beradi.

Xizmatlarni sotib olish va sotishning soliq oqibatlari


Agar xizmatlarni sotib olayotganingizda va (yoki) sotayotganingizda Oʻzbekiston Respublikasi hududi ularni realizatsiya qilish joyi hisoblansa, QQS toʻlanadi.

Norezident maslahat xizmatlarini koʻrsatganida soliq oqibatlari


Norezident yuridik shaxs AJga maslahat xizmatlarini koʻrsatganida QQS va norezidentning daromadiga solinadigan soliq boʻyicha soliq oqibatlari vujudga keladi.

Latviya rezidentining xalqaro tashishlardan olingan daromadiga soliq solish


Korxonangiz Konvensiyaning 8-moddada koʻrsatilmagan transport xizmatlari orqali xalqaro tashishlardan Latviya rezidentiga toʻlangan daromadni Konvensiyaning 7-moddasi 1-bandi va 22-moddasi 1-bandiga muvofiq Oʻzbekistonda nerezidentning daromadiga solinadigan soliqqa tortmaslikka haqli.

Norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari


Norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari Soliq kodeksida belgilangan.

BAAlik korxonadan dasturiy xizmatlarni sotib olishning soliq oqibatlari


Ushbu xizmatlar xaridi norezidentning daromadidan olinadigan soliq va QQS boʻyicha soliq oqibatlarini keltirib chiqaradi.