Javob beramiz
Soliq majburiyatlarini ijro etish
Qaysi holatlarda byudjetga qoʻshimcha soliqlar hisoblanganda daromadni yashirish holati deb baholanadi?
Soliq tekshiruvi natijasida juda koʻp miqdordagi soliqlarning byudjetga toʻlanmaganligi aniqlangan hollarda korxonaning mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 184-moddasi 3-qismi boʻyicha jinoiy ishi ochilishi mumkin.
Tashkilotimiz vaqtinchalik (qaytarish sharti bilan) boshqa tashkilotlardan olgan va boshqa tashkilotlarga hamda oʻz xodimlariga bergan moliyaviy yordam uchun soliq solish ob’yekti shakllanadimi?
Korxonangizda foizsiz qarz shartnomasi asosida olingan mablagʻlardan soliqqa tortiluvchi daromad hosil boʻladi.
Korxona tomonidan uning balansidagi ishlab chiqarish sexlarining realizatsiya qilinishida soliq oqibatlari yuzaga keladimi?
Yagona yer soligʻini toʻlovchisi hisoblanuvchi korxona tomonidan uning balansidagi ishlab chiqarish sexlarining realizatsiya qilinishida soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi.
Eksport shartnomasiga asosan sotilayotgan mahsulotni chet ellik xaridorning manziliga qadar sugʻurtalashda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?
Soliq oqibatlari sugʻurtalovchi tashkilot OʻzR rezidenti yoki norezidenti ekanligiga bogʻliq.
Muddatida toʻlanmagan soliq qarzlari majburiy ijro byurosi orqali toʻlanganda qanday hujjatlar rasmiylashtiriladi va buxgalteriya oʻtkazmalari beriladi?
Soliqlar MIB depozit hisobraqami orqali toʻlanishi qoʻshimcha hujjatlar rasmiylashtirilishini talab etmaydi va buxgalteriya oʻtkazmalarining oʻzgarishiga olib kelmaydi.
Hisobot notoʻgʻri topshirilishi natijasida tegishli farq summaga nisbatan 10% miqdorida toʻlov soliq organlarini rivojlantirish maxsus jamgʻarmasiga toʻlashni talab etish toʻgʻrimi?
Ha, davlat soliq organlari tomonidan oʻtkazilgan tekshirishlar natijasida qoʻshimcha undirib olingan soliq va majburiy toʻlovlr summalarning 10 foizi DSQning soliq organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga undiriladi.
1. Yuridik va jismoniy shaxslar avtomashinalariga va davlat tashkilotlari uchun gaz balon (metan) urnatib berish xizmati kursatilganda kanday aloxida xujjatlar rasmiylashtirilishi kerak. Bu faoliyat turi bilash shugullanish uchun litsenziya talab kilinadimi? 2. Agar korxona avtotransport vositalariga metan gaz balon oʻrnatish faoliyati bilan shugʻullana boshlasa, korxonaga qanday talab va majburiyatlar yuklanadi va qanday soliq oqibatlari vujudga keladi?
Avtomobillarga gazbalonlarini oʻrnatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya talab qilinadimi. Biroq, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarnini olish kerak.
Yuridik shaxs oʻz faoliyat yuritish joyini bir tumandan boshqa tumanga oʻzgartirganda oʻtgan davrlar uchun aniqlashtirilgan soliq hisobotlarni qaysi tuman DSIga topshirishi lozim?
Korxona oʻtgan hisobot davrlariga tegishli aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini hozirda hisobda turgan soliq xizmati organiga topshiradi.
1.Agar korxona ehtiyot qismlarni ta’mirlash boʻyicha xizmatlarni xarid qilsa, xizmatlar OʻzR hududidan tashqarida amalga oshirilsa, unda biror bir soliq oqibati yuzaga keladimi? 2.Ushbu operatsiyaga qanday buxgalteriya yozuvlari beriladi?
OʻzR norezidenti tomonidan OʻzR hududidan tashqarida uskunaning ehtiyot qismlarini ta’mirlash xizmati uchun toʻlov amalga oshirilganda, toʻlovchi-OʻzR rezidentida soliq oqibati yuzaga kelmaydi.
1. Qanday turdagi soliq va majburiy toʻlovlarni kartoteka-2 ga olish majburiy hisoblanadi? 2. Ish xakini 2-3 oylab kechiktirib tulash kanday javobgarliklarga olib keladi?
Korxona ShJBPHga ajratmalarni kartoteka – 2 ga qoʻyib, toʻlov muddati kechiksa, va mos ravishda, Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimiga elektron reyestrni kech kiritsa, unga nisbatan jarima qoʻllaniladimi?
ShJBPHga majburiy badallar toʻlanmaganligi uchun jarima choralari qoʻllanilmaydi. Chunki jarima soliq va boshqa toʻlovlardan ataylab boʻyin tovlaganda qoʻllaniladi.
DSQning www.my.soliq.uz va www.hisobot.soliq.uz saytlarining yaxshi ishlamasligi oqibatida soliq toʻlovchi yuridik shaxs soliq va majburiy toʻlovlar boʻyicha hisobot va hisob – kitoblarni oʻz vaqtida taqdim etmasa, soliq toʻlovchida biror – bir jarima toʻlash majburiyati yuzaga keladimi?
Ha, soliq toʻlovchi – yuridik shaxsda soliq hisobotlarini oʻz vaqtida belgilangan muddatlarda taqdim etmaganligi uchun jarima toʻlash majburiyati yuzaga keladi (SK 115-moddasi). Mansabdor shaxsga qoʻllaniladigan ma’muriy javobgarlik jarima summasi EKIHning 1 baravaridan 3 baravarigacha etib belgilangan (MJtK 175-moddasi).
Boshqa soliq turlaridan ortiqcha toʻlangan summalar mavjud boʻlganda penya hisoblanishi qanchalik toʻgʻri?
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisida Nizom (AV 09.10.2007 y. 1724-son) bilan belgilanganki, soliq qarzi summasining soliqlarning ortiqcha toʻlangan summa miqdoriga teng qismiga penya hisoblanmaydi.
1. Korxonaning ERI kalitidan foydalanish uchun soliq inspeksiyasining vakolati bormi? Davlat soliq idorasi xodimining ushbu hatti harakati qanchalik qonunga mos keladi va unga nisbatan qanday qonuniy chora koʻrilishi mumkin? 2. Korxonamiz hisob raqamidan yechib olingan mablagʻlarni qanday qilib qaytarib olishimiz mumkin? Bu holatda buxgalteriya oʻtkazmalari qanaqa tartibda aks ettiriladi?
Soliq toʻlovchining hisobot.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan foydalanish, aniqsa u orqali soliq toʻlovchi nomidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish Davlat soliq organlariga vakolat berilmagan.
Nega endi soliq inspeksiyasida xizmat yuzasidan foydalanish uchun ochilgan soliq kartochka natijalari soliq toʻlovchi uchun majburiy va bu qaysi me’yoriy hujjat bilan qonunlashtirilgan?
Soliq kodeksining 69-moddasiga muvofiq, soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkasini yuritish davlat soliq xizmati organlarining majburiyatidir.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter