Javob beramiz
Oʻzbekistonda xorijiy yuridik shaxslarga dividendlar: kimga 5%, kimga 10% soliq stavkasini qoʻllash tartibi
Yevroobligatsiya chiqarishda soliq oqibatlari
31.12.2028 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning xoʻjalik jamiyatlari obligatsiyalari boʻyicha foizlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan hamda foyda soligʻidan ozod etiladi.
Musodara qilingan mol-mulkni sotishda QQS
Xatlangan mol-mulk majburiy realizatsiya qilingan taqdirda mulkdor QQSni belgilangan tartibda hisoblab chiqaradi va toʻlaydi. Kimoshdi savdosi orqali sotilgan transport vositasi qarzdor korxona balansidan bayonnoma, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, hisobvaraq-faktura asosida hisobdan chiqariladi. Transport vositasi musodara qilingan yoki xatlangan mol-mulk sifatida majburiy realizatsiya qilinganda transport vositasi boʻyicha hisobga olingan QQSga tuzatish kiritish Soliq kodeksida nazarda tutilmagan.
Foyda soligʻi stavkasini 50%ga pasaytirib toʻlash
Agar korxonangizning jami daromadi 2025 yilda ilk marta 10 mlrd soʻmdan oshgan boʻlsa, u 2025 yilda va 2026 yilda foyda soligʻini 50%ga pasaytirilgan, ya’ni 7,5% stavkada toʻlashga haqli, buning uchun ushbu yillarning har birida korxonaning jami daromadi 100 mlrd soʻmdan oshib ketmasligi lozim.
Ustav kapitalining oshirilishi roʻyxatdan oʻtkazilmadi
Jamiyat ustaviga kiritilgan oʻzgartirishlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan e’tiboran uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi
Referent narxlarda sotish natijasidagi zarar chegiriladimi
Agar korxona dori vositalarini referent narxlarda sotib, buning natijasida zarar koʻrayotgan boʻlsa, zarar summasi, shu jumladan siz aytayotgan manfiy farqdan hisoblangan QQS summasi ham chegiriladigan xarajat hisoblanadi. Chunki zarar bu qonunchilik qoidalaridan kelib chiqmoqda.
OS-1 shaklidagi hujjat
“OS-1” shaklidagi hujjat – bu N AV-1 shakli – asosiy vositalarni qabul qilish va topshirish toʻgʻrisidagi dalolatnoma, uning namunaviy shakli Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi hujjatlari bilan tasdiqlanmagan.
BYuDdagi QQSning hisobga oʻtishi
QQS hisob-kitobini avtomatik tarzda toʻldirish tizimi shunday sozlanganki, u hisobga faqat IM-40 rejimiga joylashtirilgan tovarlar uchun BYuDni qabul qiladi.
Transport vositalarida logotip va tovar rasmlarini joylashtirishning soliq oqibatlari
Brend va logotipni tijorat faoliyatida qoʻllash intellektual mulk ob’yektidan foydalanish hisoblanadi va royalti sifatida baholanishi mumkin.
Ijaraga beriladigan asosiy vositalar boʻyicha investitsiyaviy chegirma qoʻllaniladimi
Yoʻq, ijaraga beriladigan asosiy vositalar boʻyicha investitsiyaviy chegirma qoʻllanilmaydi.
Xodimlarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun qanday moddiy yordam koʻrsatish kerak
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun moddiy yordam mehnat shartnomalari yoki lokal hujjatlarga muvofiq tashkilot rahbarining xohishiga koʻra koʻrsatiladi.
Yashil energetikaga berilgan imtiyozlarning tekin ijaraga berilgan yerga oʻrnatilgan qoʻyosh panellariga nisbatan qoʻllanilishi
Ushbu imtiyozlardan foydalanish uchun soliq toʻlovchi my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali imtiyozdan foydalanish toʻgʻrisida murojaat yuborishi kerak..
Ijara shartnomasi boʻyicha soliq oqibatlari
Ijaraga beruvchi shartnomada tomonlar kelishuviga koʻra istalgan summani koʻrsatishga haqli.
YaTTning soliqqa tortilishidagi oʻzgarishlar
Aylanmasi 1 mlrd soʻmdan oshmagan YaTT va oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslar 1% stavkada AOS toʻlovchisidirlar.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter