Javob beramiz

Kasaba uyushmasiga ajratma korxona xarajatimi


Yoʻq, xodimning oylik maoshidan kasaba uyushmasiga oʻtkazilgan 1% ushlanma foyda soligʻi hisob-kitobida xarajat sifatida tan olinmaydi.

Tovarni bozor qiymatidan past narxga sotishning soliq oqibatlari


Amaldagi Soliq kodeksida tovarni sotish bahosi uning tannarxi bilan emas, balki bozor qiymati bilan solishtiriladi. Tovar bozor qiymatidan arzon narxga sotilsa, QQS va foyda soligʻini bozor qiymatidan kelib chiqib hisoblash kerak.

Valyutaning qaytarilishi


Har bir soliqning oʻz soliq solish ob’yekti mavjud boʻlib, savol matnidan tavsiflangan vaziyatda pulning qaytarilishi bironta soliqning soliq ob’yekti emasdir.

QQS toʻlashga oʻtish muddati oʻtib ketganida xatolikni tuzatish


Siz soliq organiga yozma murojaat qilib oʻtib ketgan davrlar uchun onlayn-NKM yoki virtual kassa cheklari va EHFlarni tuzatish imkoniyatini yaratib berishni soʻrashingiz kerak.

QQS toʻlovchisi sifatida hisobga qoʻyish tartibini buzishda jarima


Soliq toʻlovchilar qaysi sanadan boshlab QQS toʻlashga oʻtishlari 462-moddasida belgilangan, turli holatlarda QQS toʻlashga oʻtish sanalari turlicha.

Nasiyaga avtomobil savdosi


Avtomobil ijaraga berilganda xizmat realizatsiya qilingan boʻladi, sotilganda esa tovar realizatsiya qilingan boʻladi, realizatsiya mavjud ekan QQS majburiyati yuzaga keladi.

Inventarizatsiya natijasida kamomad aniqlansa soliq oqibatlari


Inventarizatsiya natijasida kamomad aniqlansa, kamomad summasi realizatsiya qilish boʻyicha aylanma deb qaralmaydi, balki kiruvchi QQSga tuzatish kiritiladi.

Qabul qilingan xizmatlarning buxgalteriya hisobi


Xizmatlar uchun maxsus texnika orqali koʻrsatilgan xizmatlar "1S"da tegishli hujjatlar va maqsaddan kelib chiqib buxgalteriya oʻtkazmalari orqali rasmiylashtiriladi

Direktor v.v.b. qanday rasmiylashtiriladi, mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kiritiladimi? Direktor v.v.b. qanday hujjatga asosan ish yuritadi (ustav yoki boshqa hujjat)?


Direktor vazifasi vaqtincha yuklatilsa buyruq bilan rasmiylashtiriladi.

OTM professor-oʻqituvchilari stajirovka vaqtida masofadan turib ishlasa boʻladimi?


Professorlar va oliy ta’lim muassasalari oʻqituvchilariga uzoq muddatli xorijiy stajirovka davomida masofadan turib ishlashga ruxsat etiladi, agar qonunchilikda belgilangan talablar bajarilsa.

Ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlash tartibi


Ishdan boʻshatish nafaqasi xodim bilan mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilinganda xodimning ishdan mahrum boʻlishi oqibatlarini yumshatish maqsadida amalga oshiriladigan, qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan bir yoʻla beriladigan pulli toʻlovdir.

Korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgartirilganda dalolatnoma tuzish


Topshirish dalolatnomasining namunasi Buxgalter.uz saytida keltirilgan.

Soliq solish maqsadida aks ettirilgan daromadni buxgalteriya hisobida aks ettirish


Buxgalteriya hisobida faqat hisoblangan soliq summasi aks ettiriladi.

UFni TMZ bilan shakllantirishda JShDS toʻlanadimi


Jismoniy shaxsning pulsiz shaklda kiritadigan ulushi uning daromadi hisoblanmaydi va unga JShDS solinmaydi.

Aylanma soliqni toʻlashga oʻtish shartlari


Oʻtgan yildagi jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshmagan QQS va foyda soligʻi toʻlovchilar joriy yil boshidan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtishga haqli. Buni ular SKning 461-moddasi 2-qismida belgilangan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash tatbiq etilmaydigan shaxslar roʻyxatiga