Javob beramiz

Startap loyihasini moliyalashtirish uchun jamgʻarmadan ajratilgan mablagʻlar soliqqa tortiladimi


Davlat byudjetidan ajratilgan maqsadli mablagʻlar soliq solishda daromad sifatida qaralmaydi.

QQSni qaytarish summasi qanday hisoblab chiqariladi


Hisobot davri uchun salbiy farq QQS hisob-kitobining 030 satriga teng boʻladi

Jismoniy shaxsning mulkiy daromadini soliqqa tortish


Shunday qilish toʻgʻri. Jismoniy shaxsning mol-mulki yuridik shaxs tomonidan ijaraga olinganida, yuridik shaxs soliq agenti sifatida ijaraga beruvchi jismoniy shaxsning mulkiy daromadidan 12% stavkada JShDS summasini ushlab qolishi va byudjetga toʻlab berishi shart.

Takroriy tekshiruvmi


Salbiy farqning qaytarilishi uchun ariza berilganda kameral tekshiruv oʻtkaziladi.

Sayyor soliq tekshiruvida TMZlar


Ombordagi TMZlarning kirim hujjatlari (shu jumladan boshqa korxonalarning TMZlari uchun ham) mavjud boʻlishi kerak.

Jismoniy shaxsning foizli daromadlarini soliqqa tortish


Jismoniy shaxsning foizli daromadlari soliq agentida JShDSga tortiladi.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportida foyda soligʻi stavkasi


Oʻzi ishlab chiqargan oʻz qishloq xoʻjaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan foyda SKning 57-moddasida nazarda tutilgan mezonlarga javob beruvchi qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va baliq xoʻjaligi korxonalari 0% stavkada ftoyda soligʻi toʻlaydilar.

Korxona oʻtgan yil uchun QQSni hisobga olish usulini oʻzgartira oladimi


Korxona 2025 yilda 2024 yil uchun hisob siyosatiga oʻzgartirish kiritolmaydi, oʻz navbatida QQSni hisobga olish usulini ham oʻzgartira olmaydi.

Ijara shartnomasi asosida kommunal xarajatlarni qoplashda ijaraga beruvchida yuzaga keladigan soliq va hisob masalalari


Qoplash summasi real xarajatlar asosida aniq belgilanishi kerak, ortiqcha yoki kamaytirilgan summa bilan hisob-faktura yuborilishi maqsadga muvofiq emas.

SK 289-3-moddasi 2-qismidagi import qilingan tovar bilan olib kiriladigan tovar oʻrtasida nima farq bor


«Oʻzbekistonga import qilingan tovar» va «Oʻzbekistonga olib kirilgan tovar» deyilganida ayni bir tushuncha, ya’ni «Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilgan tovarlar» tushuniladi. Lekin SK 289-3-moddasi 2-qismida ayni bir narsa haqida 2 marta yozilmagan va bir-birini inkor etmaydi.

Aylanma mablagʻini toʻldirish uchun olingan pul mablagʻlari qaytarilganda soliq oqibatlari


Mazkur holatda  aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun olingan pul mablagʻlari qanday shart bilan olinganligi va qanday xujjatlar bilan rasmiylashtirilganini aniqlash lozim.

Xodimga qarz berilganda buxgalteriya oʻtkazmalari


Xodimga berilgan qarzlar buxgalteriya hisobida 0930 yoki 4720 schetda aks ettiriladi.

Xodimga qarz berilganda soliq oqibatlari


Korxona qarz mablagʻi boʻyicha foiz koʻrinishidagi daromad olsagina, soliq oqibatlari yuzaga keladi.

Jismoniy shaxsdan tekinga olingan xom ashyo


QQS solish ob’yektlari tovar va xizmatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi realizatsiyasi va tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishdir.

Omonat foizi yuzasidan xabarnoma


Bankka qoʻyilgan depozit va uning foizlari QQSdan ozod etilgan.