Javob beramiz

Foyda soligʻining pasaytirilgan stavkasini qachon qoʻllash mumkin


Foyda soligʻining imtiyozli stavkasi jami daromad birinchi marotaba 10 mlrd soʻmga yetganda qoʻllaniladi.

QQS qoʻshimcha hisoblanganda foyda soligʻi


Ushbu me’yor qonun hujjatlari qoidalaridan kelib chiqadi. Shuning uchun u iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlagan chiqim deb hisoblanadi va foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi.

QQS toʻlovchisi guvohnomasi olinguniga qadar boʻlgan davrdagi kiruvchi QQS summalarini hisobga olish


Yoʻq, haqli emas. Soliq kodeksida korxona QQS toʻlovchisi guvoxnomasini olguniga qadar boʻlgan davrda sotib olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha QQS summalarini hisobga olish koʻzda tutilmagan.

Hisobga olinmaydigan QQS hisobi


Foyda soligʻi hisob-kitobida chegirilmaydigan tovarlar va xizmatlar oʻz ehtiyojlari uchun sotib olingan boʻlsa (SK 317-m.), “kiruvchi” QQS ularning xarid qiymatiga kiritiladi 

Xodimning oʻtgan yillar uchun oylik ish haqini qayta hisob-kitob qilish talabini qondirish


Ish beruvchi xodimning pul undirishga doir talablarini hech qanday muhlat bilan cheklamay, hamma vaqt uchun qondirishga haqlidir.

Savol: Kushimcha kelishuvga asosan uzaro uxshash karzdorliklar utkazilishi xisobiga yopilishi kelishilgan, shunga asosan valyuta kontraktlari buyicha karzdorliklarni xisobdan chikarish mumkinmi.


Tashqi savdo kontraktlar boʻyicha oʻzaro hisobga oʻtkazish mumkin emas.

YaTT h/r ga pul oʻtkazilganda soliq oqibatlari


Pul mablagʻlarini kiritishda toʻlov tafsilotlarida «Hisob-kitob raqamini toʻldirish uchun» deb koʻrsatsa, YaTTda aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha majburiyat yuzaga kelmaydi.

Qurilish hajmi uch yildan soʻng tasdiqlanganda


Hisobvaraq-faktura tovarlar yuklab joʻnatilgan (berilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanaga kelib yoziladi.

Uzoq muddatli ijara hisobi


Moliyaviy ijara shartnomasi hisoblanmaydigan ijara shartnomasiga binoan mol-mulkni vaqtinchalik egalik qilishga yoki foydalanishga taqdim etish operativ ijara sifatida belgilanadi (6-son BHMS).

Ozod qilingan aylanmalar mavjud boʻlganda kiruvchi QQS


Yoʻq, mumkin emas. Tovarlarni (xizmatlarni) xarid qilish (olib kirish) chogʻida toʻlangan soliq summalari hisobga olinmaydi, agar ularni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalar QQS solishdan ozod qilingan tovarlarni ishlab chiqarish uchun xarid qilingan boʻlsa.

Norezidentdan olingan foizsiz moliyaviy qarzni soʻndirish chogʻida soliq hisoboti


Norezidentdan olingan foizsiz moliyaviy qarzning soʻndirilishi soliq hisobotida aks ettirilmaydi.

Chakana savdoda aylanmadan olinadigan soliq


Chakana savdoda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan daromad onlayn-NKM cheklaridagi summadan kelib chiqib aniqlanadi, ular EHF oʻrnini bosadi.

Umumta’lim maktablariga oziq-ovqat yetkazib berish bilan shugʻullanishda soliq imtiyozlari belgilanmaganligi


Umumta’lim maktablariga oziq-ovqat yetkazib berish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari uchun alohida soliq imtiyozlari belgilanmagan.

Yertoʻlalarga mol-mulk soligʻi


Yoʻq, korxona umumiy foydalanishdagi yertoʻlalar boʻyicha mol-mulk soligʻini toʻlashi kerak emas.

Sotuvchi – komissioner – subkomissioner – marketpleys


Agar subkomissioner marketpleysda roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, u holda komissioner marketpleys sifatida roʻyxatdan oʻtishi shart emas.