Javob beramiz
Gudvillga hisoblangan amortizatsiyaning chegiriladigan xarajat ekanligi
Soliq solish maqsadida gudvillga hisoblangan amortizatsiya iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlagan xarajat, chunki qonunchilikning qoidalaridan kelib chiqadi.
Soliq hisobotlari va moliyaviy hisob orasidagi farqlarni muvofiqlashtirish
Korxona hisobidan toʻlangan QQS summasi 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotiga olib boriladi va foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda chegiriladi.
Ijtimoiy soliq boʻyicha alohida imtiyozlar
Maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslar mehnat shartnomasi asosida ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb qilingan xorijiy oʻqituvchi va mutaxassislarning oylik ish haqidan ijtimoiy soliqdan 2025 yil 1 yanvarga qadar ozod qilingan.
Xodimlarga telefon olib berishda va ularning taksi xizmatlari uchun xarajatlarini toʻlab berishda soliq oqibatlari
Korxona xodimlariga telefon olib bersa, xodimlarda moddiy naf tarzidagi daromad vujudga keladi. Xodimlar koʻrgan moddiy naf tarzidagi daromadlar JShDSga va FJBPTga majburiy ajratmalarga tortiladi.
Korxonamizda yuridik xizmatni tashkil etganmiz. Yuridik xizmat xodimlari soni normativi qanday boʻladi?
Davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari uchun majburiy mezonlar mavjud, boshqa tashkilotlar uchun talablar mavjud emas.
Xizmatlar importida toʻlangan QQS toʻlov topshiriqnomasi asosida hisobga olinishi
QQS hisoblangan va byudjetga toʻlangan boʻlsa, toʻlov topshiriqnomasi asosida avtomatik ravishda hisobga olinadi.
Yer qa’ridan foydalanish huquqining buxgalteriya hisobi
Tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, ya’ni yer osti boyliklari, atrof-muhitdagi boshqa resurslar, atrof-muhit toʻgʻrisidagi geologik va boshqa ma’lumotlar va shu kabilardan foydalanish huquqi, agar 7-son BHMS «Nomoddiy aktivlar»ning 6-bandidagi shartlarga javob bersa, nomoddiy aktiv hisoblanadi.
Xususiy maktabda oʻqish uchun toʻlov boʻyicha JShDSdan imtiyoz
Agar 1 oylik oʻqish uchun toʻlov summasi 2,8 mln.soʻmga teng boʻlsa, 2022 yilning sentyabr va oktyabr oylarida har bir oy uchun xodimning aynan 2,8 mln.soʻm miqdoridagi ish haqiga nisbatan imtiyoz qoʻllaniladi.
Xodimlarni dam olish kunlari ishga jalb qilish toʻgʻrisidagi buyruq qaysi boʻlim tomonidan chiqariladi?
Xizmatlarni eksport qilishning soliq oqibatlari
Xizmatlarni eksportga realizatsiya qilishdan olingan foyda 0%li stavkada foyda soligʻiga tortiladi.
Men avtoraqamni birja orqali hozir sotib olsam boʻladimi?
Avtoraqamni xarid qilganingizdan soʻng 10 kun ichida uni IIV YHXBB boʻlinmalarida rasmiylashtirishingiz lozim.
Oʻquv kontraktlarini korxona hisobidan toʻlab berishning soliq oqibatlari
Korxona ta’sischisi va xodimi farzandlarining oʻquv kontraktlari korxona hisobidan toʻlab berilib, ularning dividendidan yoki ish haqidan ushlab qolinmasa, ta’sischi va xodimda moddiy naf tarzidagi daromad vujudga keladi. Moddiy naf tarzidagi daromad JShDSga tortiladi.
TMZ kamomadi holatida QQS
Agar shartnoma shartlariga koʻra qayta ishlashga berilgan xomashyo kamomadi pul bilan qoplab berilsa va bu tovar realizatsiyasi deb qaralsa, u holda xomashyolar kamomadi uchun qayta ishlovchi korxonaga EHF taqdim etish toʻgʻri.
Yoqilgʻini hisobdan chiqarishda foyda soligʻi boʻyicha soliq oqibatlari
Avtomobildan korxonaning faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy maqsadlarda foydalanilganda, shuningdek, undan boshqa shaxslar foydalanganida ishlatilgan korxona tomonidan sotib olingan yoqilgʻi qiymati jismoniy shaxslarning moddiy naf tarzidagi daromadi hisoblanib JShDSga tortiladi va foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda chegirilmaydi.
Tashkilotimiz xodimlar sonini oshirish huquqiga egami? Xodimlar sonini oshirish kichik tadbirkorlik sub’yekti maqomiga ta’sir koʻrsatadimi?
Ushbu holatda Siz akademik litseylari, professional va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan mehnat shartnomasi tuzishingiz mumkin.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter