Xodim ish haqining qancha miqdorini hayotini sugʻurtalashga yunaltirishi mumkin?

Savolning ID si: 10325
Xodimimiz sugʻurta agentligi bilan hayotni uzoq muddatli sugʻurta qilish shartnomasini imzolagan (13oy). Shartnomaga koʻra 13 oy davomida har oy 2 000 000 (ikki million) soʻmdan sugʻurta agentligiga oylik maoshidan oʻtkazib berish kerak. Soliq kodeksining 179-moddasining 28 bandiga asosan "Fuqarolarning soliq solinadigan va Oʻzbekiston Respublikasida sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaхslarga hayotni uzoq muddatli sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta mukofotlari toʻlovi uchun yoʻnaltiriladigan ish haqi va boshqa daromadlarining summalari solikka tortilmaydi". Xodimning oylik maoshi hamda qoʻshimchalar bilan hisoblanganda 2 280 000 soʻmni tashkil etadi. Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badalini ushlagandan soʻng, 179 modda 28 bandiga asosan daromad soligʻini ushlamagan holda, sugʻurta agentligiga 2 000 000 soʻmni, ya’ni хodimning toʻliq ish haqini oʻtkazib berish kerak.
Xodimning ish haqini sugʻurta badallariga tortgandan qolgan barcha summasini hayotni sugʻurtalashga oʻtkazilishi mehnat qonunchiligining mehnatga haq toʻlash qoidalariga va soliqqa tortishga oid qonunlarga zid kelmaydimi?
Ekspertlarning javoblari:

Ushbu material faqat Buxgalter Pro foydalanuvchilari uchun ochiq. Sinov tariqasida kirishni rasmiylashtirish

Siz istalgan masala yuzasidan bizga yozishingiz yoki 1172 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring
lock