Savolning ID si: 10473
Korxonamiz – yagona solik toʻlovi toʻlovchi boʻlib hisoblanadi. Korxona Oʻzbekiston fukarolari chet el internet saytlari orqali sotilayotgan iste’mol tovarlarini oʻzbek soʻmiga sotib olishlari uchun sharoit yaratib berish maqsadida oʻz saytini yaratmoqchi. Bunda yaratilgan sayt orqkali jismoniy shaxslar bilan, ular tomonidan chet el internet sayti orqali tanlagan tovarini oldindan soʻmda toʻlov qilish yuli bilan, bir oy ichida olib kelib berish yuzasidan (ochik oferta) komissiya shartnomasi tuziladi. Har oy oxirida puli toʻlangan buyurtmalarning reyestri tuziladi. Tovarlarni chet elda korxonamiz nomidan sotuvchidan olish, sifatini tekshirish va tovarni buyurtma bergan Oʻzbekiston fukarosining uy manziliga pochta xizmati orqali yetkazib berish xizmatini koʻrsatuvchi chet el korxonasi bilan «Agent» shartnomasi tuziladi. Chet el korxonasi tovarlar egasiga yetkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilingan holda, bajarilgan ishlar va shartnomada belgilangan miqdorda xizmat haki koʻrsatilgan schyot-fakturani taqdim etgandan soʻng «Agent» ga valyuta hisobida pul mablagʻi toʻlab berilishi rejalashtirilayapti.
1. Oʻzbekiston korxonasi agentlik shartnomasi boʻyicha chet el korxonasiga («Agent»ga) pul toʻlayotganda chet el korxonasidan qanday soliqlarni ushlab qolishi va byudjetga oʻtkazib berishi kerak?
2. Korxonamizda qanday soliqlarni toʻlash majburiyati paydo boʻladi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.